Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

24-mart kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 2005-yil mart voqealarining 18 yilligi munosabati bilan vatandoshlariga murojaat qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: vesti.kg

“Bugun mamlakatimizning yangi tarixidagi muhim voqealardan biri – mart xalq inqilobining 18 yilligi nishonlanmoqda. Qirg‘iz xalqi o‘z mustaqilligini e’lon qilganidan so‘ng butun dunyoga o‘zining ozodlikka sodiqligini qayta-qayta namoyish etdi va mart inqilobi davomida xalq hokimiyatning yagona manbayi ekanini tarix oldida yana bir bor tasdiqladi”, — dedi Japarov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston mustaqillik yillarida sodir bo‘lgan va taraqqiyot tarixida burilish nuqtasi bo‘lgan muhim voqealardan saboq olish kerak. 

“Dunyoda geosiyosiy vaziyat va iqtisodiy qiyinchiliklar taqozosi bilan yangi muammolar yuzaga kelayotgan bir paytda biz ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan ma’naviy qadriyatlarimizga, hamjihatligimizga tayanishda davom etamiz. Mamlakatimizdagi totuvlik va barqarorlik tufayli iqtisodiyotimizni mustahkamlab, milliy taraqqiyot yo‘lidan olg‘a intilamiz”, — dedi u.

2005-yil 24-mart voqealari Qirg‘iziston tarixida mart yoki “lola” inqilobi sifatida qoldi. Mart inqilobidan keyin mamlakatni 15 yil boshqargan prezident Asqar Akayev hokimiyatdan ag‘darilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »