Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘tgan 70 yil ichida insoniyat qanday parhez qoidalarini ixtiro qilmagan deysiz? Har qaysi parhezning uchinchisi ikkinchini xato hisoblaydi. Nimani iste’mol qilsa bo‘ladi-yu, nima mumkin emasligi haqida xaotik bilimdan bosh ham aylanib ketadi. Diyetolog va psixologiya fanlari professori Jeyn Ogden oziq-ovqat haqidagi afsona va haqiqatlar ostida maxrajni aniqlaydigan oddiy qoidalarni taklif qiladi.

Ochlik ovqatlanish uchun sabab emas

Ovqatni ko‘rganda ochlikni his qilsangiz, vahima qilishning hojati yo‘q. Doimiy to‘yinganlik hissi sizning ortiqcha ovqatlanayotganingizni anglatadi. Kuchli bo‘lmagan ochlik odatiy holdir. Qonda qand miqdori kamligidan bosh aylanib, holsizlanmaguncha gazak qilishga shoshilmang. Ya’niki, shunchaki zerikkandan ovqat yemang.

Uch daqiqa qoidasi

Bizning miyamiz osongina aldanadi. Va u bizni ham aldaydi, zerikishni ochlik bilan aralashtirib yuboradi. Agar och qolganingizda uch daqiqa qiziqarli biror narsa qilsangiz, hatto Tetris o‘yini ham yordam bera oladi (sinab ko‘rilgan tajriba), ko‘p hollarda nimadir yeyishni xohlamaganingizni ko‘rasiz. Ushbu “nayrangdan” foydalaning. Faqatgina chindan och qolganda ovqatlaning.

Kutilayotgan afsuslanish effekti

Qanchalik ko‘p ovqatlanganingiz haqidagi aniq tasavvur sizni ortiqcha tort yeyishdan saqlaydi. Qorin bo‘shlig‘idagi og‘irlik, uyquchanlik va agar uzoqroqqa qarasangiz — ortiqcha vazn. O‘zingizni aybdor his qilmasdan, buni xotirjam tasavvur qiling. Bu usul haqiqatan ham ishlaydi.

Ovqatlanish uchungina tanovul qiling

Ovqat mahalida televizor ko‘rmang yoki ijtimoiy media tasmalarini o‘qimang. Shu tariqa kamroq o‘ylaysiz va ta’mdan zavqlanasiz. Tajribalarga ko‘ra, sizni chalg‘itadigan e’tiborsiz ovqatlanish stoldagi barcha ovqatning eng yog‘lisini tanlashga olib keladi. Chunki ta’m hissi xiralashgan bo‘ladi.

Psixozlarga ergashishni to‘xtating

Glyutensiz, laktozasiz, gipoallergen va shakarsiz — bu parhezbop oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning marketing nayranglari. Aslida, faqat 0,5 foizgina inson tibbiy sabablarga ko‘ra ushbu talabga muhtoj. Qolganlar, hatto qandli diabet va allergiya bilan og‘riganlar ham ushbu mahsulotlardan voz kechmasdan, balki ularni o‘rtacha miqdorda iste’mol qilish orqali yaxshi yashashlari mumkin. O‘zingizga qancha ko‘p mahsulotlarni taqiqlasangiz, ularga bo‘lgan ishtiyoqingiz shunchalik kuchli bo‘ladi. Shunga  yarasha buzilishlar ham keskin bo‘ladi.

“Taqiqlangan” mahsulotlarni ko‘zga yaqin joyda saqlang

Muzlatgichingizda har doim tort bo‘lagi bo‘lsa, supermarketdan uni qo‘lga kiritish vasvasasiga tushmaysiz. Bir muncha vaqt o‘tgach, bunga shunchaki befarq ekanligingizni bilib olasiz. Har doim o‘zingizga haqiqatan ham iste’mol qilmoqchi bo‘lgan barcha ovqatlarga ruxsat bering. Lekin xohlaganingizdan ortiq tanovul qilmang. Nima uchundir yegingiz kelmayotgan bo‘lsa, o‘zingizni shirinliklar yeyishga majburlamang.

“Sog‘lom” mahsulotlarni iste’mol qilishni yoqtirmasangiz, nima qilish kerak?

Vaqt o‘tishi bilan insonning didi o‘zgaradi. Oddiy va asta-sekin uni qanday mazali qilib tayyorlashni o‘rganing. Qovurishdan tortib, pishirishgacha. Sho‘rtakkinadan tuzsiz ziravorlargacha. Salatdagi go‘shtdan zaytun moyi va limongacha. Shoshilmasdan, bir-bir yangi narsalarni o‘zingizda sinab ko‘ring. Bir vaqtning o‘zida sog‘lom va zararli taomlarni iste’mol qilishda davom eting. Shu tariqa siz haqiqatan ham nimani yoqtirishingizni va nimani yoqtirmasligingizni bilib olasiz.

Yorliqlarni o‘qishni to‘xtating

Qancha kaloriya iste’mol qilganingizni bilish hech narsani o‘zgartirmaydi. Eng yaxshi yechim — to‘liq uyda pishirilgan va yeganda o‘zingizni yaxshi his qiladigan taomlarga o‘tishdir. Ovqatdan to‘ygach, likopchangizni chetga surib qo‘ying. Ermak uchun yoki oila a’zolaringiz dasturxondan turib ketmagani sababidan qo‘shimcha ovqatlanmang. Bu muhim. Siz ovqatga emas, balki o‘zingizga achinishingiz kerak.

Hech qachon “diyeta” so‘zini aytmang, ayniqsa, bolalar oldida

Diyetani tushunishning o‘zi asta-sekin harakat qilish bilan ovqatlanish tartibini vaqtincha o‘zgartirishni anglatadi. Faqat o‘zingiz uchun qimmatli deb bilgan narsalarni iste’mol qiling. Kattalardagi ko‘plab ovqatlanish buzilishlari bolaligida ota-onalarining sevimli mashg‘uloti — ovqatlanish diyetalarini  qilishdan kelib chiqadi. Ular o‘sib ulg‘ayganida to‘yib ovqatlanmaslik yoki ortiqcha ovqatlanishdan ongsiz qo‘rquv hissi bilan yashaydilar. Bolalarni qutqaring.

Diyeta tushunchasi ham cheklangan tarzda qo‘llanadi. Erkaklar bir xil darajada semirib ketgan bo‘lsa-da, diyetalar hali ham ayollar uchun deb hisoblanadi. Ammo erkaklar uchun “diyetaga o‘tish” ko‘pincha g‘ayritabiiy hisoblanadi. Oddiy oziq-ovqatlarning muvozanatli diyetasiga o‘ting: sabzavot, go‘sht, don va mevalar. Bordi-yu shirin yoki qovurilgan narsani xohlab qolsangiz, uni har doim yeyishingiz mumkin.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »