Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

1-apreldan Qozog‘istonda respublika chegarasidan o‘tayotgan barcha tovarlarni kuzatib boruvchi onlayn tizim ishga tushadi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Qozog‘iston ushbu yangilik bilan mamlakat G‘arb davlatlari tomonidan Rossiyaga nisbatan qo‘ygan cheklovlarga amal qilayotganini namoyish qilmoqchi. 

“Hukumatimiz Qozog‘iston Rossiya bilan savdoga hech qanday sanksiya yoki cheklovlar qo‘ymasligini bir necha bor va juda aniq ta’kidlagan. Biroq, u G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tishga yo‘l qo‘ymaydi va bunday chetlab o‘tish platformasiga aylanmaydi. Biz ikkilamchi sanksiyalar bilan bog‘liq barcha xavflarni tushunamiz, shuning uchun barcha hamkorlar bilan o‘zaro savdo-sotiqimizni diqqat bilan kuzatib boramiz”, — deydi manba.

Qozog‘iston Rossiya bilan birgalikda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo bo‘lib, uning doirasida tovarlar bojxona nazoratisiz olib o‘tiladi. 

Financial Times’ning Qozog‘iston hukumatidagi manbasi ma’lum qilishicha, yangi tizim real vaqt rejimida respublika chegarasi orqali tovarlar harakatining butun zanjirini kuzatish imkonini beradi.

2022-yil iyun oyida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Ostona Rossiya bilan hamkorlikda G‘arb sanksiyalarini buzmoqchi emasligini aytgandi. 

O‘sha yilning dekabr oyida Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini tan oldi.

Rossiya Qozog‘istonning eng yirik savdo sherigi bo‘lib qolmoqda. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, uning eksporti 2022-yilda chorakka o‘sib, 8,8 milliard dollarni tashkil etgan. 

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Rossiya kompaniyalari qozog‘istonlik hamkorlaridan G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tish va zarur tovarlarni import qilishda yordam berishni faolroq so‘ramoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »