Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vengriyaga kelsa, mamlakat hukumati uni Xalqaro jinoiy sud (XJS) buyrug‘i bilan hibsga olmaydi, dedi Vengriya bosh vaziri Viktor Orban idorasi rahbari Gergeli Gulyash.

Viktor Orban va Vladimir Putin
Foto: “5-kanal”

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vengriya Rim statutini imzolagan va ratifikatsiya qilgan bo‘lsa-da, mamlakatda Putinni hibsga olish uchun hech qanday qonuniy asos yo‘q. XJS Rim statuti asosida faoliyat yuritadi.

Gouyash nizom Vengriya huquq tizimiga kiritilmaganiga ishora qildi. “Biz faqat Vengriya qonunchiligiga murojaat qila olamiz va unga asoslanib, Rossiya prezidentini hibsga olmaymiz, chunki XJS nizomi Vengriyada e’lon qilinmagan”, — deb tushuntirdi idora vakili.

U, shuningdek, Vengriya hukumati XJSning Putinga nisbatan qarori yuzasidan o‘z “pozitsiyasini shakllantirmaganini” aytdi.

Shuningdek, Myanma hukumati XJSning Putinni hibsga olish haqidagi orderini e’tiborsiz qoldirishga qaror qildi. Bu haqda Myanma davlat ma’muriy kengashi axborot guruhi rahbari general-mayor Zo Min Tun ma’lum qildi. Ushbu kengash 2021-yilda hokimiyatga kelgan harbiy xunta tomonidan tuzilgan.

Zo Min Tun Rossiya ham Myanma singari Xalqaro jinoiy sudning a’zosi emasligini eslatdi.

“Aytishim kerakki, XJS tomonidan qabul qilingan qonunlar Rossiyaga ta’sir qilmaydi. Birgina shu faktning o‘zi XJSning Putinni hibsga olish haqidagi qaroriga e’tibor bermaslik uchun yetarli”, — dedi Zo Min Tun.

XJS Putinni hibsga olishga order bergan

17-mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order bergandi. U Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilishda gumon qilinmoqda. Xuddi shunday order Rossiya bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham chiqarilgan.

Kreml XJS qarorini “g‘azablantiradigan” deb atadi, shu bilan birga, Rossiya bu sudning yurisdiksiyasini tan olmasligini ta’kidladi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi orderning “ahamiyatsiz”ligini aytdi. Putinning o‘zi XJS qaroriga izoh bermadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »