Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yostiqdagi choyshabni olib tashlayotganingizda uning sarg‘ayib qolganini ko‘rishingiz mumkin. Xavotir olmang, bu oddiy holat. Vaqt o‘tishi bilan yostiqlar sarg‘ayadi, chunki u teridagi yog‘ni, kirlarni so‘rib oladi. Biroq yuvganingizdan keyin ham bu holat o‘zgarmasligi mumkin. “Noviy ochag” nashri eski, sarg‘aygan yostiqlarni to‘g‘ri yuvish bo‘yicha maslahatlarni taqdim etdi.

Foto: “Noviy ochag”

Yostiqni tozalash uchun kerak bo‘ladigan narsalar:

  • 1 stakan kir yuvish kukuni
  • 1 stakan yog‘ni tozalashga yordam beruvchi kukun
  • 1 stakan oqartiruvchi kukun
  • 1 flakon borat kislotasi (bornoy kislota)

Ishni boshlashdan oldin mahsulotdagi yorliqni tekshiring. Yostig‘ingiz qay darajada kir bo‘lganiga e’tibor bering. Ko‘pchilik kir yuvish mashinasida parli va sintetik yostiqlarni yuvishdan qo‘rqmaydi.

Yostiqni issiq suvga botiring

Tozalash vositalari kirlarni yaxshiroq ketkazishi uchun yostiqlarni issiq suvga botirib olish kerak. Vertikal tarzda kir solinadigan kir yuvish mashinalarining egalari yostiqni to‘g‘ridan to‘g‘ri kir yuvish mashinasiga solishi mumkin. Agar bunday sharoit bo‘lmasa, yostiqlarni vannada yoki bolalarni yuvintirish tog‘orasida namlash mumkin.

Eng katta kastryulkani oling va unga suv soling. Kir yuvish kukuni, idishlarni yuvish vositasi va borat kislotasini qaynoq suvda to‘liq erimaguncha aralashtiring. Agar kastryulkada kukunlarni aralashtirishni xohlamasangiz, sirlangan chelakka qaynoq suv quyib, aralashtiring.

Kukun va idish yuvish vositasi eriganida, suvni idishga quyib, yostiqni unga botirib, taxminan 30 daqiqaga qoldiring. 15 daqiqadan so‘ng, yostiqni suvdan olib siqish kerak, shunda mahsulot butun yuzaga teng taqsimlanadi.

Yostiqni kir yuvish mashinasida yuving

Ho‘llashdan so‘ng, kir yuvish mashinasida to‘liq yuvish siklini amalga oshiring. Agar qo‘shimcha yuvish dasturi mavjud bo‘lsa, undan ham foydalaning.

Yostiqni quriting

Agar yostiq yumshoq bo‘lsa, kir yuvish mashinasidagi quritgichdan foydalansa bo‘ladi. Sintetik yostiqlarni eng past haroratda ham quritish mumkin. Baraban ichida muvozanat saqlanishi uchun quritgichga bir nechta tennis to‘plari yoki junli to‘plarni soling va ular quriganida yostiqlaringizni tozalang.

Quritgichi bo‘lmagan har bir kishi yuvilgan yostiqni kiyimni quritish uchun mo‘ljallangan panjara ustiga qo‘yish kerak. Yostiq quriganida vaqti-vaqti bilan qo‘llaringiz bilan urib, patlar yoki to‘ldiruvchi vosita bo‘laklarini to‘g‘rilab turish mumkin.

“Xotira” effektiga ega yostiqlarni qanday yuvish mumkin?

“Xotira” effektiga ega yostiqlarni yuvish mumkin, biroq har qanday holatda ham yostiqdagi yorliqni tekshirgan ma’qul. Bunday yostiqlar parli va sintetik yostiqlarga qaraganda ko‘proq quritiladi va agar siz ularni quritgichda quritsangiz, haroratni eng past darajaga o‘rnatish tavsiya etiladi. Yostiqlarni balkonda ham quritish mumkin, ayniqsa, tashqarida shamolli ob-havoda quritgan ma’qul.

Parli yostiq yuvilsa yomonlashadimi?

Foto: “Noviy ochag” 

Parli yostiqni ham shu ko‘rsatmalarga amal qilib yuvsa bo‘ladi, biroq quritishda qiyinchilik bo‘lishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan par yostiqlarni silkib turish kerak, aks holda patlar yostiqdagi yoqimsiz hidni paydo qilishi mumkin. Alohida quritgichlar va quritish funksiyasi bo‘lgan kir yuvish mashinalari egalari uchun yostiqlarni yuvish qiyin bo‘lmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »