Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Markaziy Osiyo mamlakatlari Rossiyaga “ikki maqsadli” tovarlar yetkazib berishni ko‘paytirdi, ruslar undan harbiy texnika ta’mirlashda foydalanishi mumkin. Bu haqda Yevropa Ittifoqining maxfiy hujjatiga tayanib, The Telegraph xabar berdi.

Foto: Getty Images

Yevropa rasmiylari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va boshqa Osiyo mamlakatlari orqali Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga savdo kanallarini aniqladi, ular orqali yetkazib berish hajmi 60-80 foizga oshgan. Yetkazib berilayotgan tovarlar orasida kir yuvish mashinalari, kameralar va avtomobillar borligi, ular harbiy maqsadlarda foydalanilishi mumkinligi keltirilgan. Ruslar Ukrainadagi urushda shikastlangan tanklar, bronetransportyorlar, razvedkachi dronlar va boshqa jihozlarni ta’mirlash uchun elektronika va boshqa butlovchi qismlardan foydalanayotgani aytilmoqda. 

Manbalarga ko‘ra, yukning salmoqli qismi Yevropa Ittifoqidan Belarusga eksport qilinadi va Litva bilan quruqlik chegarasi orqali Markaziy Osiyo mamlakatlariga yetkaziladi. Yevropaliklar eksport hujjatlarini faqat mintaqaning tashqi chegarasigacha kuzatishi mumkin, shundan so‘ng uskunalar harakatini nazorat qilib bo‘lmaydi. Yevropa Ittifoqi rasmiylari osiyolik ittifoqchilar Kremlga Rossiyani harbiy texnikadan mahrum qilishga qaratilgan xalqaro sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotganidan xavotirda.

Endilikda Yevropa Ittifoqi rossiyaliklar bilan savdo qiluvchi mamlakatlarga nisbatan cheklovlar joriy etishni rejalashtirmoqda, biroq birinchi navbatda siyosatchilar muammoni iqtisodiy oqibatlarga tahdid solib, diplomatiya yo‘li bilan hal qilmoqchi. Qozog‘iston allaqachon mamlakat orqali o‘tadigan tovarlar ustidan nazoratni kuchaytirishga va’da bergan.

“Biz ikkilamchi sanksiyalarning barcha xavf-xatarlarini tushunamiz, shuning uchun barcha hamkorlar bilan o‘zaro savdomizni diqqat bilan kuzatib boramiz”, — deb izoh bergan Qozog‘iston hukumati.

Telegraph Polshaning Belarus bilan chegarasini yopganiga e’tibor qaratdi, ammo Litva Minsk bilan savdo aloqalarini davom ettirmoqda. Shu bilan birga, Litva hukumati Belarus orqali savdo yetkazib berishning 97 foizi boshqa davlatlar tomonidan amalga oshirilayotganidan shikoyat qilmoqda. G7 diplomatlari, shuningdek, Rossiya harbiylariga yordam bermaslik uchun Turkiya, Armaniston va BAAni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »