Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Uy yumushlari ko‘p vaqtni oladi, uni yanada qiziqarli mashg‘ulotlarga sarflash ham mumkin. O‘ylab ko‘ring: ayollar umrining kamida 18 yilini oshxonada o‘tkazadi! Agar bu vaziyatga matonat bilan chidashga tayyor bo‘lmasangiz, ushbu usullarni yodda tuting — ular uy yumushlaringizni osonlashtirishga va pishirish vaqtini qisqartirishga yordam beradi.

No‘xatni tezda qanday qaynatib olish mumkin?

Quruq no‘xatni chuqur shisha idishga soling va ustidan suv quying. Bir chimdim iste’mol sodasi qo‘shing. Idishni oziq-ovqat plyonkasi bilan yoping va mikroto‘lqinli pechga 10 daqiqaga qo‘ying. Shundan so‘ng no‘xat yana 30-40 daqiqa qaynatiladi. Bu usuldan so‘ng u bir necha barobar tezroq pishadi.

Tovuq go‘shtini tez pishirish usuli

Xom tovuq go‘shtiga tuz va xushta’m ziravorlar seping. Uni idishga soling va yarim stakan toza suv quying. Idishni yopishtiruvchi plyonka bilan mahkamlang va mikroto‘lqinli pechga 4-5 daqiqaga qo‘ying. Sog‘lom kechki ovqatning oddiy (va eng muhimi, tez) versiyasi tayyor!

Bir vaqtning o‘zida ikkita porsiya ovqatni qanday isitsa bo‘ladi?

Vaqt tig‘izligida hamda energiyani tejash uchun mikroto‘lqinli pechda bir vaqtning o‘zida ikki porsiya ovqatni isita olasiz. Masalan, bir kosa sho‘rva va bir likopcha taom. Pech kamerasiga chuqur likop yoki kosa qo‘ying va ustiga tekis, kattaroq diametrli tarelkani qo‘ying. Mikroto‘lqinli pechni 3-3,5 daqiqa davomida yoqib, ikki xil ovqatni bir tekisda qizdiring.

Sitrus mevalaridan qanday qilib mo‘lroq sharbat olish mumkin?

Sitrus mevalaridan ko‘proq sharbat olish uchun limon, laym, apelsin yoki greyfurtni mikroto‘lqinli pechga 20 soniya qo‘ying. Keyin mevalarni ikkiga bo‘ling. Undagi sharbatni siqib oling.

Popkorn tayyorlash uchun jo‘xori donlarini doim ham qovurish shart emas

Popkornni uyda osongina tayyorlash mumkin. Makkajo‘xori donlarini hajmidan 10 baravar kattaroq qog‘oz qopchaga soling. Xaltaning yuqori qismini bir necha marta qatlang va mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. “Portlash” chastotasi sekundiga ikkita tortishishgacha tushganda, mikroto‘lqinli pechni o‘chiring va xaltachani yana bir necha daqiqaga qoldiring.

Pitsa qanday isitiladi?

Sovib qolgan pitsa bo‘lagi mikroto‘lqinli pechda ustini yopmasdan qizdirilsa, namlik yo‘qolishi tufayli u juda qurib ketadi. Buning oldini olish uchun kameraga bir stakan suv qo‘ying — pitsa yanada yumshoq va xushta’m bo‘ladi.

Tuxum qaynatishning oson usuli

Ma’lum bo‘lishicha, mikroto‘lqinli pechda pishirilgan tuxumning ta’mi restorannikidan chakki emas. Shisha idishga 1-2 osh qoshiq suv quying, ichiga tuxumni ehtiyotkorlik bilan chaqib soling, sarig‘ini vilka bilan teshib qo‘ying — shunda qizib ketganda u “portlamaydi”. Idishni likopcha bilan yopib, mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.

Qaynoq shokolad qanday tayyorlanadi?

Eng oddiy, ammo eng mazali issiq shokolad uchun stakanga 1 choy qoshiq shokolad soling. Shokolad pastasini sut bilan to‘ldiring. Ichimlikni mikroto‘lqinli pechda 1-2 daqiqa ushlab turing, so‘ng yaxshilab aralashtiring.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »