Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand shahrida erkak “Odnoklassniki”da tanishgan ayolning suratlarini montaj qilib, tarqatish bilan tahdid qildi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi

Xabarga ko‘ra, Samarqand shahrida yashovchi ayol, 37 yoshli O.X. “Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog‘idagi fotosuratlari maxsus dasturlar orqali ishlov berilib, sharmandali holatga keltirilgani va nomaʼlum shaxs uni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yubormaslik evaziga 500 AQSH dollari pul talab qilayotganini bildirgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Samarqand shahrida yashovchi 37 yoshli U.T. pullarni talab qilayotgani aniqlanib, tezkor-tadbir davomida pullarni olish vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

U sodir etgan qilmishi uchun Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Qonunga muvofiq U.T. tomonidan sodir etigan tovlamachilik uchun besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »