Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shifokorlar diabetni “nayranglari” ko‘p kasalliklardan biri deb atashlari bejiz emas: uning erta bosqichida odamga hech narsa zarar yetkazmaydi va deyarli hech qanday shikoyatlar bo‘lmaydi. Ammo sog‘liqqa ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lsangiz, ayrim o‘zgarishlarni sezishingiz mumkin. Ularni o‘tkazib yubormang!

Birinchi toifa diabet belgilari

Birinchi toifa diabet ko‘pincha juda tez rivojlanadi va aniq alomatlar bilan birga namoyon bo‘ladi. Ishtaha keskin ochiladi ammo shunga qaramay odam sezilarli vazn yo‘qotadi. Doimiy charchoq, chanqoq kuchayishi, hojatxonaga borish istagi juda tez-tez paydo bo‘ladi — ba’zan kechasi bir necha marta turishga to‘g‘ri keladi. Simptomlar odatda to‘satdan paydo bo‘ladi va ularni payqamay qolish deyarli imkonsiz.

Ikkinchi toifa diabetning belgilari

Ushbu turdagi diabet eng keng tarqalgan bo‘lib, shu bilan birga, uni tashxislash qiyinroq. Chunki kasallik sekin rivojlanadi va alomatlar yengildir. Bu holda nimalarga e’tibor berish kerak?

  • Chanqoq va og‘izning qurishi. Odam avvalgidan ko‘ra ko‘proq suyuqlik ichishni xohlaydi va ba’zi hollarda iste’mol qilinadigan suyuqlik miqdori kuniga 3-5 litrgacha oshadi.
  • Ozib ketish. Vazn tezda pasayadi, turmush tarzi va odatiy ovqatlanish bir xil bo‘lib qolsa ham. Ba’zida ishtaha keskin ochiladi.
  • Doimiy charchoq. Ertalab tongdanoq butunlay charchaganingizni, asabiylashish, holsizlik, uyquchanlik paydo bo‘lganini his qilasiz.
  • Peshob qilish tabiatidagi o‘zgarishlar. Bu avvalgidan ko‘ra ko‘proq sodir bo‘ladi.
  • Ko‘ngil aynishi. To‘satdan ko‘ngil aynishi va qayt qilish kuzatiladi.
  • Qo‘l va oyoqlar uvishishi, barmoqlarda sanchish hissi.
  • Terining quruqlashishi. Teri quriydi, qichishish paydo bo‘ladi, yaralar va jarohatlar odatdagidan ko‘ra uzoqroq bitadi.
  • Yuqori qon bosimi.
  • Siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari.
    Foto: “Noviy ochag”

Nega diabet belgilarini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi?

Qandli diabet eng xavfli kasalliklardan biri bo‘lib, davolanmasa gipoglikemiya va tom ma’noda 2-3 soat ichida rivojlanishi mumkin bo‘lgan komaga olib keladi. Ko‘pincha diabet yurak, buyraklar, ko‘rish qobiliyatining pasayishi (kam hollarda butunlay ko‘rlik) va asab tizimi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »