Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O‘Sallivan Markaziy Osiyoga mamlakatlariga tashrifini Qirg‘izistondan boshladi. U Rossiyaga qarshi sanksiyalarga amal qilinayotganini tekshirish uchun O‘zbekiston, Qozog‘istonga ham tashrif buyurishni rejalashtirgan.

Foto: Getty Images

Devid O‘Sallivan 28-mart kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan brifingda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlamaydigan davlatlarning fikrini hurmat qilishini bildirdi. Ammo Yevroittifoq bu davlatlar sanksiyalarni chetlab o‘tish platformasiga aylanishini istamasligini qayd etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalarni chetlab o‘tishning oldini olish bo‘yicha ish Yevropa Ittifoqining o‘zidan boshlanadi. Bundan tashqari, hamkor davlatlardagi vaziyatni va sanksiyalarni chetlab o‘tishga ishora qiluvchi signallarni diqqat bilan kuzatish kerak.

“Bizning vazifamiz sanksiyalarning samarali amalga oshirilishini ta’minlashdan iborat. Savdo oqimlarini tahlil qilgandan so‘ng ilgari kuzatilmagan sezilarli o‘sishni aniqlamoqdamiz. Qirg‘iziston ham shunday davlatlardan biri, ammo bu yagona davlat emas. Men BAA va Turkiyaga ham tashrif buyurdim. Qozog‘iston, O‘zbekiston, Gruziya va Armanistonga ham borish niyatim bor”, — dedi Devid O‘Sallivan.

2022-yil oxiriga kelib Yevroittifoqdan Qirg‘izistonga tovarlar eksporti 300 foizga, ilg‘or texnologiyalar va ikki tomonlama maqsadli mahsulotlar esa 700 foizga oshgan.

“Sizning importga bo‘lgan talab va ishtahangiz oshdimi yoki bu tovarlar Rossiyaga tovarlar eksport qilinyaptimi, bilmoqchimiz. Oxirgi holat muammolarni keltirib chiqaradi”, — dedi O‘Sallivan.

Maxsus vakilning so‘zlariga ko‘ra, YI eksport qilinadigan mahsulotlar harbiy maqsadlarda qo‘llanilishini, butlovchi qismlar esa Rossiya qurollarida bo‘lishini istamaydi.

“Rossiya orqali tranzit o‘tayotgan ko‘plab tovarlar u yerda qolayotganidan xavotirdamiz. Biz bunday emasligini tasdiqlashni istaymiz. Allaqachon Rossiya orqali ayrim tovarlarning tranzitini taqiqlab qo‘yganmiz va ro‘yxatni kengaytirishni xohlamaymiz. Hamkorlardan bunday bo‘lmasligiga ishonch hosil qilishni istaymiz”, — dedi O‘Sallivan.

Avvalroq Yevropa rasmiylari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va boshqa Osiyo mamlakatlari orqali Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga savdo kanallarini aniqlagan, ular orqali yetkazib berish hajmi 60-80 foizga oshgan. 

Yetkazib berilayotgan tovarlar orasida kir yuvish mashinalari, kameralar va avtomobillar borligi, ular harbiy maqsadlarda foydalanilishi mumkinligi keltirilgan. Ruslar Ukrainadagi urushda shikastlangan tanklar, bronetransportyorlar, razvedkachi dronlar va boshqa jihozlarni ta’mirlash uchun elektronika va boshqa butlovchi qismlardan foydalanayotgani aytilmoqda. 

Endilikda Yevropa Ittifoqi rossiyaliklar bilan savdo qiluvchi mamlakatlarga nisbatan cheklovlar joriy etishni rejalashtirmoqda, biroq birinchi navbatda siyosatchilar muammoni iqtisodiy oqibatlarga tahdid solib, diplomatiya yo‘li bilan hal qilmoqchi. Qozog‘iston allaqachon mamlakat orqali o‘tadigan tovarlar ustidan nazoratni kuchaytirishga va’da bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »