Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” harakati Afg‘onistonda qizlarning ta’lim olishi tarafdori bo‘lgan taniqli faol Matiulloh Vesani hibsga oldi. BMT “Tolibon”dan uning qayerdaligini oshkor qilishni so‘radi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Foto: Matiulloh Vesa / PA

Pen Path xayriya tashkiloti asoschisi va rahbari Matiulloh Vesa 10 yildan ko‘proq vaqt davomida Afg‘oniston janubidagi qishloq joylariga e’tibor qaratgan holda maktabga bormagan afg‘on bolalari — ham o‘g‘il, ham qiz —  ta’lim olishi uchun kurashib kelgan. Yuqori darajadagi diplomatlar va inson huquqlari guruhlari, jumladan, BMTning yuqori martabali vakili va Xalqaro amnistiya tashkiloti uni zudlik bilan ozod qilishga chaqirdi.

“U Afg‘onistonni tark etishi mumkin edi, lekin u o‘z xalqi uchun ishlash xavfiga qaramay qizlarning ta’lim huquqlarini himoya qildi”, — dedi Xalqaro amnistiyaning Janubiy Osiyo bo‘yicha faoli Samira Hamidi.

Vesa juma kuni mahalliy masjidda namozga borganidan keyin hibsga olingan.

“Matiulloh Kobuldagi masjidda namoz o‘qiyotgan edi. U tashqariga chiqqach, ikki mashinada qurollangan odamlar uni qo‘lga olish uchun keldi. Bizning katta akamiz Matiullohning yonida edi va erkaklardan guvohnomalarini ko‘rsatishni so‘radi, ular buning o‘rniga qurollarini ko‘rsatib, Matiullohni olib ketdi”, —dedi uning akasi Attaulloh Vesa.

Foto: Getty Images

Vesa 2009-yilda akasi bilan Pen Path’ni tashkil qildi. Davlat ta’limi bo‘lmagan qishloqlarda maktablar ochdi va chekka hududlarga ko‘chma sinflar yubordi. 21-mart kuni Afg‘onistonda Pen Path yangi kampaniya boshladi, bu “Tolibon” hukumatini g‘azablantirdi.

“Ta’lim bizning asosiy huquqimiz, ular esa bundan mamnun emas”, — dedi Ataulloh va oilasini “Tolibon” razvedka xizmatlari kuzatganini aytdi.

“O‘tgan oy bizga oqsoqollaridan ba’zilari ’Tolibon’ razvedkasi Matiullohni hibsga olmoqchi ekani haqida ma’lum qildi. Ular bilan bu masalada gaplashdik va ’Tolibon’ hukumati biz bilan muzokara o‘tkazishi uchun yordam so‘radik”, — dedi u.

Attaullohning aytishicha, “Tolibon” harakati bosimi va tahdidiga qaramay, Pen Path faoliyatini davom ettirishga qaror qilgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Tolibon”ni Vesaning qayerdaligi, hibsga olingani sabablarini aniqlab berishga va uning oilasi bilan aloqaga kirishini ta’minlashga chaqirdi. Yevropa Ittifoqining Kobuldagi missiyasi rahbari o‘rinbosari uning hibsga olinishini “dahshatli” deb atadi va ozodlikni talab qildi.

Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyatga kelganidan so‘ng ko‘plab qizlarning maktabga borishini taqiqlagan, 2022-yil dekabrida esa Oliy ta’lim vazirligi ayollarning oliy ma’lumot olishiga taqiq joriy qilgan. Bu qaror “Tolibon” hukumati orasida norozilikka sabab bo‘lgan, qarshilik shu darajada jiddiylashganki “Tolibon”ning yuqori martabali amaldorlari Oxundzodani taxtdan ag‘darishni ko‘rib chiqmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »