Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya va Xitoydan kelayotgan potensial tahdidlarning kuchayishi fonida Pentagon AQSH Kosmik kuchlarini (USSF) koinotda ushbu davlatlar bilan kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaroga tayyorlashni boshladi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Nashr taʼkidlashicha, AQSH harbiylarining bunday qadamiga, xususan, Xitoy va Rossiya koinotda sunʼiy yo‘ldoshlarni o‘chirib qo‘yadigan, harbiy va fuqarolik aloqalarini buzadigan raketa va lazerlarni joylashtirayotgani sabab bo‘lgan.

WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, bu oy Oq uy USSF yillik budjetini 30 milliard dollarga oshirishni taklif qilgan. Bu 2022-yildagidan qariyb 4 milliard dollar ko‘p, qolaversa AQSH harbiylarining boshqa qismlari, jumladan, Harbiy-havo kuchlari va dengiz flotiga ajratilgan summadan yuqori. Shu bilan birga, Kosmik kuchlar harbiy xizmatchilarini ehtimoliy harbiy operatsiyalarga tayyorlash uchun simulyatorlar va boshqa jihozlarni sotib olish birinchi marta USSF xarajatlariga kiritilgan.

2023-yil 16-fevral kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Yadro qurollarini tarqatmaslik va nazorat qilish departamenti direktori o‘rinbosari Konstantin Vorontsov Ukrainada harbiy maqsadlarda foydalanilayotgan kosmik obyektlar “Rossiyaning javob zarbasi uchun qonuniy nishonga aylanishi mumkin”ligini aytgandi.

2021-yil noyabr oyida Rossiya harbiy sinovlar chog‘ida Sovet davridagi sun’iy yo‘ldoshni kosmik qurol bilan yo‘q qildi. Natijada, XKS ekipaji kosmik qoldiqlar — sun’iy yo‘ldosh qoldiqlari bilan to‘qnashish xavfi ostida qoldi.

2022-yil dekabr oyi boshida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Rossiyaning “Birinchi bo‘lib koinotga qurol joylashtirmaslik” haqidagi rezolyutsiyasini qabul qildi. Rezolyutsiya Rossiya va Xitoy tomonidan 2008-yilda qurolsizlanish bo‘yicha konferensiyada kiritilgan, fazoga qurol joylashtirish oldini olish to‘g‘risidagi shartnomani to‘ldirishni ko‘zda tutadi. Rezolyutsiya uchun 122 davlat ovoz bergan, 50 davlat qarshi bo‘lgan va yana to‘rt davlat betaraf qolgan.

AQSH kosmik kuchlarining vazifasi nima?

AQSH Kosmik kuchlari 2019-yilda tashkil etilgan va mamlakat Qurolli kuchlari tarkibidagi oltinchi mustaqil tuzilma bo‘lib, unga dastlab havo kuchlari zimmasiga yuklangan vazifalar yuklangan, deya eslatadi jurnalistlar. USSF’ning asosiy vazifalari AQSHning koinotdagi manfaatlarini rejalashtirish va himoya qilish, shuningdek, ehtimoliy tahdidlarga e’tibor qaratgan holda barcha bo‘linmalarni jihozlashdir.

USSF xodimlarining vazifalari raketalarni uchirish, sun’iy yo‘ldoshlar, yerdagi aloqa va sensor uskunalarini boshqarishni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda AQSH kosmik kuchlarining harbiy xizmatchilari soni 16 mingga yaqin kishini tashkil etadi.

AQSH, Xitoy va Rossiya — BMTning Koinotdan tinch maqsadlarda, jumladan ilmiy faoliyat uchun  foydalanish bo‘yicha qo’mitasi a’zolari. Har uchala davlat ham koinotda muhim harbiy resurslarga ega.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »