Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Parhez qilmaslik, yaxshi ovqatlanish va bir vaqtning o‘zida vazn yo‘qotish — bu fantaziya emas, balki ortiqcha vaznni kamaytirish bilan birga erishilgan uyg‘unlikni saqlab qolishning yagona mumkin bo‘lgan sog‘lom usulidir. Tezroq ozish uchun kundalik ratsionga organizmdagi yog‘ni faollashtiradigan ovqatlarni qo‘shing.

Sarimsoq va piyoz

Foto: “Noviy ochag”

 

Bu xushbo‘y sabzavotlar tarkibida allitsin mavjud bo‘lib, ular nafaqat o‘ziga xos o‘tkir ta’m va hid beradi, balki saqlanadigan yog‘ning energiyaga tez aylanishini ta’minlaydi. Shu bois ovqat bilan birga barra piyoz va sarimsoq qo‘shing. Bu nafaqat sog‘liqqa, balki qomatga ham foydadir.

Apelsin

Foto: “Noviy ochag”

 

Sitrus mevalarida, ayniqsa, apelsinda mavjud bo‘lgan C vitamini stress gormoni kortizol darajasini tezda pasaytirishga yordam beradi. Bu qanday qilib vazn yo‘qotishga yordam beradi? Gap shundaki, kortizol organizmda ko‘pincha bel sohasida yog‘ to‘planishini rag‘batlantiradi. Kortizol darajasi qanchalik past bo‘lsa, organizmda yog‘ saqlanishi kamroq bo‘ladi. Apelsindagi efir moyining xushbo‘yligi xursandchilik gormonlarining ko‘payishiga olib keladi.

Dengiz o‘tlari

Foto: “Noviy ochag”

 

Dengiz o‘tlarida past kaloriya va qalqonsimon bezning to‘g‘ri ishlashi uchun zarur bo‘lgan mineral — yod ko‘p. Aynan qalqonsimon bez disfunksiyasi ortiqcha vaznning eng keng tarqalgan sabablaridan biri bo‘lib, uni yengish qiyin. Ammo shuni esda tutish kerakki, ba’zi qalqonsimon bez kasalliklarida yodga boy oziq-ovqatlar sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Shuning sababdan yog‘ eritadigan dengiz o‘tlaridan ko‘p iste’mol qilishdan oldin qalqonsimon bez holatini tekshiring.

Achchiq qalampir

Foto: “Noviy ochag”

 

Achchiq qalampir tarkibidagi kapsaisin metabolizm ishini rag‘batlantiradi, shu yo‘l bilan yog‘larni samarali eritib yuboradi. Qolaversa, achchiq taomlarni iste’mol qiladigan odamlar tezroq to‘yadilar va oddiy  taomlarni afzal ko‘radiganlarga qaraganda taomni kamroq iste’mol qiladilar.

Qahva va qora choy

Foto: “Noviy ochag”

 

Shuningdek, kofein metabolizm jarayonini oshiradi. Dam olib ham ko‘proq kaloriyalardan, jumladan, yog‘lardan xalos bo‘lish mumkin. Ammo tavsiya etilgan dozadan oshib ketmaslik muhim. Chunki kofeinning baland dozasi serotonin ishlab chiqarishni kamaytiradi.

Zarchava

Foto: “Noviy ochag”

 

Ushbu yorqin sariq ziravorning faol moddalaridan biri — kurkumin qon tomirlarida rivojlanadigan xavfli visseral kasalligini bostirish orqali yog‘ bilan kurashishga yordam beradi. Bundan tashqari, zarchava soch va teri uchun juda foydali. Bu ziravor hatto, migrenga ham davodir.

Suv

Foto: “Noviy ochag”

 

Agar sog‘lig‘ingiz va tashqi ko‘rinishingizga e’tibor berishga jiddiy qaror qilgan bo‘lsangiz, bunga suvsiz erisholmaysiz. Birinchidan, suvning yetishmasligi bilan shish paydo bo‘ladi. Ikkinchidan, u chanqoqni qondiradi, qonda qand darajasini ko‘tarmaydi — sharbatlar yoki boshqa ichimliklardan farqli o‘laroq. Va nihoyat, agar har safar och qolganingizda bir stakan suv ichsangiz, kamroq ovqatlanasiz: oshqozonning bir qismi suv bilan to‘lgani bois, ko‘pincha chanqoqni ochlik bilan adashtirib yuboramiz. Bu bilan organizmdagi ortiqcha yog‘ning sarflanishiga to‘sqinlik qilamiz.

Zaytun yog‘i

Foto: “Noviy ochag”

 

Monoto‘yinmagan yog‘lar har qanday to‘g‘ri ovqatlanishning muhim tarkibiy qismidir. Yog‘ organizm uchun juda zarur. Mabodo uni sog‘lom oziq-ovqatlardan olinmasa, organizm uni zararli fastfud va xavfli transyog‘lar bilan to‘ldirilgan qovurilgan ovqatlardan tortib olishga harakat qiladi. Zaytun moyi sog‘lom yog‘lar ichida “chempion” bo‘lib, u nafaqat qomatni saqlaydi, balki yurak va qon-tomirlarning yaxshi ishlashiga yordam beradi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »