Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bir qator xorij nashrlari Yevropa Ittifoqi Rossiyaga yordam berayotgan Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekistonga sanksiya qo‘llamoqchi ekani haqida xabar berdi. “Daryo” muxbiri holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan izoh oldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tarmoqda tarqalgan xabarda O‘zbekiston Rossiyaga “ikki maqsadli” tovarlar yetkazib berishni ko‘paytirgani, ruslar esa undan harbiy texnikalarni ta’mirlashda foydalanishi aytilgandi. O‘zbekiston TIV matbuot xizmati rahbari Ahror Burxonovdan bu haqda so‘ralganda u vazirlikka hozirgacha hech qanday rasmiy hujjat kelib tushmaganini bildirdi.

“Bizga birorta rasmiy ma’lumot kelib tushmadi. Shuning uchun hozircha bu borada biror narsa deya olmaymiz”, — dedi Ahror Burxonov.

Matbuot xizmati raisining qo‘shimcha qilishicha, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Sanksiya kiritilishi haqidagi ma’lumot Yevropa Ittifoqining rasmiy sahifasida ham mavjud emas, bu hozircha tasdiqlanmagan xabar. Shuning uchun hali munosabat bildirolmaymiz”, — deb aytib o‘tdi u.

Manba — Yevropa Ittifoqining maxfiy hujjati

Eslatib o‘tamiz, The Telegraph 24-mart kuni maxfiy hujjatlarga tayanib Yevroittifoq O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga sanksiya qo‘llash masalasini muhokama qilayotganini xabar qilgandi. Unda yozilishicha, mazkur MDH davlatlari orqali Rossiyaga keyinchalik harbiy texnikalarni (dronlar, bronitexnikalar) ta’mirlashda ishlatiladigan maishiy texnikalar olib kirilmoqda.

“So‘nggi vaqtlarda Markaziy Osiyo davlatlari bilan Yevropa o‘rtasida iste’mol tovarlari aylanmasi keskin oshgan. Yuqoridagi holat o‘z isbotini topsa, ushbu davlatlar biznes vakillariga Yevropa bozorlaridan tovarlar xarid qilish imkoniyati cheklanishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Izoh

Islom Azizov

29.03.2023, 22:21

AQSHning kuchi yetmasa alamini boshqa davlatdan olib o'rganib qolganda. Qo'lidan kelsa shunday yutsin qo'lidan kelmasa boshqa davlatlarga osilmasin

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »