Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun, 29-mart kuni AOKAda iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi. Muloqotdan so‘ng vazir o‘rinbosari Dilshod Sultonov jurnalistlarga intervyu berdi.

QQS pasayishi nega narxlarga taʼsir qilmayapti?

Qo‘shilgan qiymat solig‘ining kiritilishi, imtiyozni bekor qilinishi, stavkasi pasayishi narxlarga taʼsir qilmaydi. Sababi masalan, siz bugun borib, sartaroshga 100 ming so‘m to‘lagansiz. Ertaga ham 100 ming so‘m to‘lashga tayyorsiz. U nega narxni pasaytirishi kerak? Bu biznesning xususiyatlaridan biri. Agar bozorda raqobat bo‘lsa, o‘shanda narxlar pasayishi mumkin. Lekin o‘ylaymanki, QQSning pasayishi yanvar-fevral oylarida inflyatsiyaning o‘sishini biroz sekinlashtirdi.

Dilshod Sultonov
Foto: “Daryo”

“Tashabbusli budjet”

“Open budjet” o‘tgan yili paydo bo‘ldi va u juda yaxshi instrument. Xalq o‘zi ovoz berib, budjetning bir qismini qayerga ishlatishni hal qilmoqda. Xalq ovozni turli yo‘llar bilan to‘plashga harakat qilib ko‘rmoqda. Qo‘yilgan maqsadiga yetmoqchi. U kola tarqatadimi, 20 ta SIM karta sotib oldimi, u qo‘ygan maqsadiga yetmoqchi. Biz bu tizimni takomillashtirib boramiz.

Boj siyosati

Biz jahon savdo tashkilotiga kiryapmiz. Butun dunyo boj siyosatini bir-biri bilan talashadi. Birorta boji yo‘q mamlakatni bilmayman. Yevropa ittifoqiga o‘xshab bir-biri bilan aloqa qilishi mumkin. Lekin boshqa mamlakatlar bilan aloqalar boj orqali bo‘ladi. Eng rivojlangan davlatlarda ham boj bor. Ulardagi yuqori boj ulushi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga o‘rnatilgan.

Ishlab chiqarilmaydigan hamda kelgusida u mahsulotni ishlab chiqarish imkoni bo‘lmasa, import uchun bojlar olib tashlanadi. Misol uchun, texnologik asbob-uskunalarni ro‘yxat bo‘yicha bojdan ham, QQSdan ham ozod qilganmiz. Sababi u narsa bizda yo‘q. Bunday qilishdan asosiy maqsadimiz, texnologiyani olib kir va bizda ham ishlab chiqarishni boshlagin deymiz. 

Jahon savdo tashkilotiga kirgandan keyin investorlar ko‘proq keladi. Bozorda ham qonun-qoidalar bir xil bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »