Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar Yangihayot tumanida sportchi erkak o‘z xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat bo‘yicha yangi tafsilotlar ochiqlandi

Ushbu oila yashagan mahalla raisining so‘zlariga ko‘ra, ular mazkur mahallaga 3 yil avval ko‘chib kelgan. Uch yil davomida ko‘p marotaba oilada janjal bo‘lgan. 5-6 marotaba himoya orderi ham berilgan. Biroq ayol ko‘p marotaba arizasini qaytarib olgan. Shuningdek, er-xotin bir-birini yaxshi ko‘rishi va janjallar asosan rashk sabab kelib chiqishi aytilgan. Mahalla raisining maʼlum qilishicha, erkak o‘g‘lini “trenirovka” vaqtida yaxshi mashq qilmagani sababli urgan. 

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) va 110-moddasi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Holat yuzasidan tergov davom etmoqda.

Izoh

Nurmuhammad

29.03.2023, 12:17

Shunchalar g'urursiz ayol bo'ladimiya, shunga loyiq bu g'urur bilan. Qayta qayta kaltak yeyish yoqadi shekilli bazi ayollarga

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »