Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Italiyada mol-mulki musodara qilingan Alisher Usmonov va Aleksey Mordashov kabi 10 nafar rossiyalik oligarx Latsio viloyat ma’muriy sudiga apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qildi.

Foto: Bloomberg

Ularning advokatlari musodara qilingan mol-mulk go‘yoki rossiyalik oligarxlarga tegishli emas, balki mustaqil jamg‘armalarga tegishli ekanligini ta’kidlamoqda.

Italiyaning Corriere della Sera gazetasiga ko‘ra, gap umumiy qiymati 2,7 milliard yevroga teng aktivlar haqida ketmoqda.

Nashrning aniqlik kiritishicha, avvalroq sud Britaniya Virjiniya orollarida ro‘yxatdan o‘tgan Asmare kompaniyasining San-Remoda musodara qilingan Lady M yaxtasiga nisbatan Mordashovga tegishli arizasini rad etgan.

Kema Kayman orollari bayrog‘ini ko‘taradi va Mordashovning rafiqasi Marina bilan bog‘liq bo‘lgan kompaniyaga tegishli.

Corriere della Sera sudga murojaat qilgan boshqa rossiyaliklarning shaxsini oshkor etmadi. Biroq Italiyada Vladimir Solovyov, Gennadiy Timchenko va Oleg Gazmanovning aktivlari ham musodara qilinganini takidladi.

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Aleksey Mordashov 2021-yilda eng boy rossiyaliklar orasida birinchi o‘rinni egallagan. O‘sha yilning 28-fevralida biznesmenning boyligi 26,1 milliard dollarga baholangan.

Uning asosiy aktivlari orasida Severstal (direktorlar kengashini boshqargan), oltin qazib oluvchi Nord Gold kompaniyasi, Power Machines (2018-yilda Qrimga turbinalar yetkazib berilishi sababli AQSH sanksiyalari ostida qolgan), TUI turoperatori (Mordashovning 34 foiz ulushi bor).

Boyligi 14,6 milliard dollarga baholangan va Forbes ro‘yxatida 121-o‘rinni egallagan Alisher Usmonov USM xoldingining asoschisi va asosiy aksiyadori (49 foiz) hisoblanadi. USM Metalloinvest va Megafon kompaniyalariga tegishli.

Rossiya va Ukraina o‘rtasida urush boshlanishi munosabati bilan Yevropa Ittifoqi ikkala tadbirkorga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Xalqaro huquq fakultetiga ega bo‘lgan Usmonov Yevropa huquq tizimi uning ishini qanday ko‘rib chiqayotganidan hafsalasi pir bo‘lganini aytdi.

Mordashov esa o‘ziga nisbatan sanksiyalar qo‘llash sabablarini tushunmasligini bildirdi.

Men siyosatdan yiroqman va butun umrim davomida Rossiya va xorijda ishlagan kompaniyalarim uchun iqtisodiy qiymat yaratdim. Hozirgi geosiyosiy ziddiyatlarning paydo bo‘lishiga mutlaqo aloqam yo‘q, — dedi tadbirkor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »