Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi bahorda qarshi hujumni boshlashni rejalashtirmoqda — bu aprel—may oylariga to‘g‘ri kelishi mumkin, dedi Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov Estoniyaning ERR teleradiokompaniyasiga bergan izohida.

Foto: Getty Images

Bu haqda vazir jurnalistlarning nemis Leopard tanklari qachon frontga tashlanishi haqidagi savoliga javoban gapirdi. Reznikovning so‘zlariga ko‘ra, bu qarshi hujum paytida amalga oshiriladi, buning uchun eng muvaffaqiyatli deb hisoblangan vaqt Bosh shtab tomonidan belgilanadi.

Reznikov, shuningdek, Ukraina hujumi bir necha yo‘nalishda rejalashtirilganini qo‘shimcha qilib, ob-havo sharoiti operatsiya boshlanishiga ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidladi. “Bahorda yerimiz juda nam bo‘ladi. Faqat g‘ildiragi zanjirli transport vositalaridan foydalanish mumkin. O‘ylaymanki, aprel—may oylarida ularni (Leopard tanklarini) ko‘ramiz”, — dedi vazir.

Hujumning o‘zi haqida gapirar ekan, vazir 2023-yil davomida dunyoda “Ukraina uchun juda ijobiy o‘zgarishlar” bo‘lishini aytdi. “Ishonchim komilki, biz Kiyev, Chernigov, Sumi, Xarkov, Xersonda bo‘lgani kabi, vaqtincha bosib olingan hududlarni ozod qilishda davom etamiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.

27-mart kuni Ukrainaga Germaniya va’da qilgan 18 ta nemis Leopard 2 tanki kelgani ma’lum bo‘ldi. 29-mart kuni Ukraina Mudofaa vazirligi Germaniya tanklar bilan birga yuborgan Marder piyodalar uchun jangovar texnikalarni ko‘rsatdi.

Bunga qadar Reznikov Britaniyadan kelgan Challenger 2 tanklarining videosini ham ulashgandi. Unda vazir tanklardan birini test-drayvdan o‘tkazayotgani aks etgan.

Fevral oyi oxirida Polshadan Leopard 2 tanklarining birinchi partiyasi Ukrainaga yuborilgan.

21-mart kuni AQSH Abrams tanklarining eski modellarini Ukrainaga topshirishga qaror qildi, chunki amerikalik harbiylarda hozir ushbu modellar mavjud va ularni urush zonasiga tezroq yetkazish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »