Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘oniston g‘arbidagi Hirot viloyatiga “Tolibon” tomonidan tayinlangan rasmiylar ko‘knori yetishtirishga qarshi kampaniya boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda 30-mart kuni TOLOnews telekanali xabar berdi.

“Turli hududlarda allaqachon yuzlab akr yerlar ko‘knoridan tozalangan, amaliyotimiz davom etmoqda”, — deya Hirot narkotikka qarshi kurash bo‘limi rahbari Hayatulloh Ruhoniyning so‘zlaridan iqtibos keltirdi telekanal.

Ko‘knori maydonlarini yo‘q qilish kampaniyasi hosilni yig‘ib olish mavsumiga oz vaqt qolganda boshlandi. Qayd etilishicha, giyohvand moddalarni nazorat qilish boshqarmasi xodimlariga “Tolibon” maxsus kuchlari hamrohlik qilmoqda.

TOLOnews xabariga ko‘ra, Hirot viloyati aholisi hukumatni giyohvand modda o‘simliklari o‘rniga muqobil ekinlar yetishtirishda yordam berishga chaqirgan.

Afg‘oniston g‘arbidagi G‘or va Bodg‘is viloyatlari, mamlakat janubi-g‘arbidagi Nimro‘z viloyatlarida ham ko‘knorini yo‘q qilish amaliyotlari olib borilmoqda.

“Tolibon” Afg‘onistonda 2021-yil avgustida hokimiyatni qo‘lga kiritgach, mamlakatda ko‘knori yetishtirish va afyun tarqalishiga qarshi kurashish niyatini e’lon qilgandi. O‘tgan aprel oyida harakat Afg‘oniston bo‘ylab ko‘knori yetishtirishni rasman taqiqladi. Bunday buyruqni harakatning oliy rahbari Haybatulla Oxundzoda bergan.

Ammo 2022-yil oxirida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha boshqarmasi ma’lum qilishicha, “Tolibon” davrida Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish 32 foizga oshgan va 233 ming gektarni tashkil qilgan. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy ekin maydonlari Afg‘onistonning janubi-g‘arbiy viloyatlarida — ular ko‘knori yetishtiriladigan umumiy maydonning 73 foizini tashkil etadi, bu yerda hosildorlikning eng katta o‘sishi kuzatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »