Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Ukrainaga ATACMS uzoq masofaga uchuvchi raketalarni yetkazib berishga hozircha tayyor emas, ammo Ukraina Qurolli kuchlariga Rossiya bilan jang maydonida ko‘proq imkoniyatlar berishning boshqa variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AQSH shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi rahbari, general Mark Milli Defence One nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

ATACMS raketa tizimi
Foto: U.S. Army

Uning ta’kidlashicha, ukrainaliklarga ATACMS bermaslik to‘g‘risida siyosiy qaror mavjud. “Harbiy nuqtai nazardan, bizda ATACMS raketalari nisbatan kam va biz o‘z o‘q-dorilarimiz zaxirasi yetarli ekaniga ishonch hosil qilishimiz kerak”, — tushuntirdi Milli.

“Qurollarning masofasiga kelsak, menda ATACMS nima qila olishi va qila olmasligi haqida ayrim mubolag‘alar bor ... ATACMS masofasi uzoqroq, ammo xuddi shunday masofani ta’minlaydigan boshqa tizimlar ham bor”, — dedi general.

Mark Milli aniqlik kiritishicha, xuddi shunday imkoniyatlarga ega dronlar va “britaniyaliklarning bir nechta tizimlari bor”.

“Shunday ekan, ularga (Ukraina harbiylariga) qandaydir afzallik berishimiz mumkin bo‘lgan yana bir qancha variantlar bor. Ammo aynan hozir ATACMS’ni bermoqchi emasmiz” , — deya qo‘shimcha qildi AQSH shtab boshliqlari qo‘mitasi rahbari.

Ma’lumot uchun, ATACMS raketalari 300 kilometrgacha bo‘lgan nishonni yo‘q qila oladi.

Reuters AQSH 3-aprel kuni Ukrainaga 2,6 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qilishi haqida xabar bergandi. Paket olti turdagi o‘q-dorilarni, jumladan, aniq boshqariladigan aviatsiya o‘q-dorilarini va boshqa narsalarni o‘z ichiga olishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »