Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimi o‘zi chaqirgan majlisda ro‘zadorlarni ro‘zasini ochishga majburlagani aytilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Facebookʼdagi sahifasida xabar berdi.

Asrol Boyqarayev.
Foto: Koson tumani hokimligi

Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, 31-mart kuni soat 15 larda majlis chaqirgan Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimi Asrol Boyqorayev qishloq xo‘jaligidagi muammolar haqida juda g‘azab bilan gapirgan. Shundan so‘ng xodimlarga majlisda “Senlar ro‘za tutvolib, sipo bo‘lib yurasanlar. Ishni kim qiladi?”, deb suv keltirishni buyurgan.

Bunga qadar ijtimoiy tarmoqlarda Asrol Boyqarayev bilan bog‘liq ko‘plab ma’lumotlar tarqalgandi.

2021-yilda uning xizmat avtomobili tuman markazida bir fuqaroni urib yuborgani, oqibatda fuqaro vafot etgani xabar berildi. So‘ngra mazkur YTHga hokimning birinchi o‘rinbosarini olib yuruvchi haydovchi aybdor ekani, YTH sodir bo‘lgan paytda avtomobilda hokim bo‘lmagani ma’lum qilindi. Avvalroq esa Asrol Boyqarayevning qamoqqa olingani yozib chiqildi. Bunga munosabat bildirgan hokimlik axborot xizmati “tasdiqlanmagan, vahima va shov-shuv uchun tarqatilayotgan yolg‘on xabarlarga ishonmang”, dedi. Birozdan so‘ng Telegram’dagi kanallarning birida Koson tumani hokimi Asrol Boyqarayevning matbuot kotibiga o‘zini tez-tez yoritib turishini so‘ragani, oxirgi marotaba uni matbuot kotibi qutqarib qolgani aytilgan xabar tarqaldi. Koson hokimi matbuot kotibi Dilshod Nabiyev esa mazkur xabarni ham rad etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »