Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimi Asrol Boyqorayev o‘zi chaqirgan majlisda ro‘zadorlarni ro‘zasini ochishga majburlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Koson tumani hokimining majlisda ro‘zador fermerlarni suv ichishga majburlagani aytilgani ortidan Bosh prokuraturaga murojaat qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, holat bo‘yicha kengash raisi o‘rinbosari Zafar Mustafaqulov Bosh prokuraturaga murojaat xati yo‘llagan. Unda dastlab Konstitutsiyaning 31-moddasi (hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi) hamda Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunning 4-moddasi (vijdon erkinligini ta’minlash) eslab o‘tilgan.

Foto: Telegram

“Mamlakatimizda Konstitutsiyaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan siyosiy jarayonlar paytida Koson tumani hokimining yuqoridagi xatti-harakatlari ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarning keng eʼtirozlariga sabab bo‘lmoqda. Yuqoridagilarni inobatga olib hokimning xatti-harakatlari yuzasidan prokuror nazorati hujjati qo‘llash masalasini ko‘rib chiqilishida amaliy yordam berishingiz so‘raladi”, — deyiladi xatda.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, hozirda holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »