Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Finlyandiyada parlament saylovi natijalariga ko‘ra, amaldagi bosh vazir Sanna Marin boshchiligidagi Sotsial-demokratik partiya konservatorlarga kichik farq bilan yutqazdi. Endi hukumatga muxolifatdagi Milliy koalitsiya rahbari Petteri Orpo rahbarlik qilishi mumkin.

Sanna Marin
Foto: Getty Images

Saylov natijalariga ko‘ra, Orpo 20,8 foiz, o‘ta o‘ngchi “Finlar” partiyasi esa 20,1 foiz ovoz olgan. Shu bilan birga, Marin partiyasiga saylovchilarning 19,9 foizi ovoz bergan.

Orpo saylovchilardan yangi hukumat tuzish uchun mandat olganini ma’lum qildi. Ko‘p o‘tmay, Marin mag‘lubiyatini tan oldi.

Saylovning yakuniy natijalari 5-aprel, chorshanba kuni ma’lum bo‘ladi.

Saylovga bir necha hafta qolganida ham Finlyandiyaning uchta asosiy partiyasi deyarli bir xil reytingga ega edi va ovoz berish natijalarini oldindan aytib bo‘lmasdi.

Uch partiyaning hech biri mustaqil hukumat tuza olmaydi, g‘olib koalitsiya bo‘yicha sheriklar izlashga majbur bo‘ladi. G‘olib partiya birinchi bo‘lib bunday koalitsiya tuzishga harakat qilishi mumkin.

Saylov natijalari Finlyandiyaning NATOga kirishiga ta’sir qilishi dargumon: jarayon deyarli yakunlangan va uni mamlakatning barcha asosiy siyosiy kuchlari qo‘llab-quvvatlagan. Saylov kampaniyasining asosiy mavzusi mamlakatning davlat qarzi bo‘ldi.

To‘rt yil oldin Sanna Marin dunyodagi eng yosh bosh vazirga aylangan edi. Ijtimoiy so‘rovlarda uning shaxsiy reytingi hali ham yuqori.

Orpo Finlyandiyaning 200 o‘rinli parlamentida ko‘pchilik tarafdorlarga ega bo‘lish uchun barcha partiyalar bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekanini aytgan bo‘lsa, Marin Orpo bilan bir koalitsiyaga kirishi mumkinligini, lekin “Finlar” bilan emasligini ta’kidladi. Hukumatni shakllantirish uchun koalitsiya 100 dan ortiq o‘ringa ega bo‘lishi kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »