Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Semirishning oldini olish keyinchalik bu muammo bilan kurashishdan ko‘ra osonroqdir. Umuman olganda, vazn ortishiga sabab bo‘ladigan sevimli mashg‘ulotlardan xalos bo‘ling! Bu odatlarning har biri zarar, shu bilan birga, ortiqcha vazn hamdir.

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirish

Bu faqatgina har bir ijtimoiy tarmoqni sevuvchi inson ertami-kechmi duch keladigan stress va uyqu buzilishi emas. O‘tgan yili Harvard Health blogida e’lon qilingan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kuniga bir soatdan ko‘proq ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazadiganlarning semirib ketish ehtimoli 57 foizga ko‘proq bo‘ladi. Buning barchasi boshqalarning fotosuratlarini ko‘rish natijasida paydo bo‘lgan tana qiyofasi yomonlashgani sababli. Aldanmang va tez-tez o‘zingiz uchun raqamli detoksni tashkil qiling — bu juda foydali.

Ko‘p sharbat ichish

Foto: “Noviy ochag”

Agar sharbatlar yangi sabzavot va mevalarning o‘rnini bosadi deb hisoblasangiz, unda siz uchun yomon xabarimiz bor. Sharbatlar tarkibida sog‘liq uchun asosiy foyda keltiradigan kletchatka mavjud emas. Shakar miqdori ko‘p bo‘lib, organizmda darhol so‘riladi va haqiqiy insulin zarbasini beradi. Kuniga atigi ikki stakan sharbat — yurak xuruji xavfi 150 foizga oshdi, deganidir. Va bu hazil emas. Ha, sharbatlar qomatga ham xuddi shunday salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun avvaliga kuniga bir stakan sharbat, keyin esa imkon qadar kamdan kam hollarda. Yaxshisi, uning o‘rniga olma yeganingiz afzal.

Sport bilan shug‘ullanmaslik

Albatta, vazn yo‘qotishda faqat parhezga tayanishingiz mumkin, ammo bunga muntazam jismoniy faoliyatni qo‘shsangiz, jarayon tezroq va samaraliroq bo‘ladi. Mushaklarni hosil qilish uchun tanaga ko‘proq energiya kerak bo‘ladi. Shuning uchun kichik yuklardan keyin ham metabolizm tezroq ishlaydi va yog‘lar faolroq eriydi. Jumladan, qorin sohasidagi yog‘lar.

Noto‘g‘ri ovqatlanish

Och bo‘lmasangiz ham ovqatlanishingiz kerak — bu qoidadir. Oziq-ovqatning odatdagi qismini qabul qilmagan organizm darhol metabolizmni sekinlashtiradi — keyingi safar qachon ovqatlanish mumkinligini kim biladi? Har safar tushlik yoki nonushtani o‘tkazib yuborsangiz, o‘zingizga semirish uchun yordam berasiz. Bunday qilish yaramaydi.

Gazli ichimliklar ichish

Ayniqsa, shirin. “Shakarsiz” yoki “0 kaloriya” deyilgani ham zararli. Sun’iy shirinlashtirgich qo‘shilgan ichimliklar semirish xavfini sezilarli darajada oshiradi — diabet va yurak kasalliklari kabi. Yaxshisi, suv iching.

Suvni kam ichish

Darvoqe, suv haqida. Qanchalik kam ichsangiz, vazn bilan bog‘liq muammolar shunchalik ko‘p bo‘ladi. Yetarlicha namlik olmagan organizm o‘zida mavjud suvni bor kuchi bilan saqlashga intiladi. Oqibatda, shish kuzatiladi, bu esa qomatga ta’sir qiladi. Bir yoki ikki kilogrammni tezda yo‘qotmoqchi bo‘lsangiz, bir necha kun davomida sakkiz stakan suv iching — natija sizni ajablantiradi.

Me’yordan ortiq ishlash

Haddan tashqari ishchanlikda foydali narsa yo‘q: stress, oila bilan sovuq munosabatlar, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari ... Va paydo bo‘ladigan qo‘shimcha kilogrammlar. Ayniqsa, uzzukun o‘tirib ishlaydiganlar uchun. Ishdagi vazifalarni kamaytira olmasangiz, hech bo‘lmaganda sog‘lomroq qiling: gimnastika uchun har soatda kichik tanaffuslar qiling, ofis stulingizni fitnes to‘pi bilan almashtiring va tushlikdan so‘ng ozgina sayr qiling.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »