Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Finlyandiya 4-aprel kuni rasman NATOning 31-a’zosi bo‘ldi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Finlyandiyaning NATOga kirishiga javob choralari qo‘llanishini ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Bryusseldagi NATO shtab-kvartirasida Finlyandiya vakili NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi arizani, boshqa ishtirokchi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari esa bunga roziligini tasdiqlovchi hujjatlarni topshirdi. Shu paytdan boshlab mamlakat rasman alyansning 31-a’zosiga aylandi.

Finlyandiya SSSR bilan, keyin esa Rossiya bilan yaxshi munosabatlarni buzmaslik uchun ko‘plab yillar davomida NATOga a’zo bo‘lishni rejalashtirmagan. Mamlakat Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirgandan keyin o‘z fikrini o‘zgartirdi.

Finlyandiya bilan birgalikda Shvetsiya ham NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi. Bu davlat Turkiyaning qarshiligi tufayli hali alyansga a’zo bo‘lgani yo‘q. Sababi Anqara Stokgolmni kurd radikallariga qarshi yetarlicha kurashmayotganini ma’lum qildi.

Finlyandiya va Rossiya o‘rtasidagi quruqlik chegarasining uzunligi 1270 kilometrdan oshdi. Ushbu mamlakat NATOga kirishdan oldin, Rossiyaning alyans mamlakatlari (Estoniya, Latviya, Litva, Polsha va Norvegiya) bilan quruqlikdagi chegaralarining umumiy uzunligi taxminan 1260 kilometrni tashkil etgan. Shu tariqa Rossiyaning NATO bilan quruqlikdagi chegarasi ikki barobarga oshdi.

O‘z navbatida, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Finlyandiyaning NATOga a’zoligini mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yomonlashtirishini bildirdi.

“Biz bir necha bor ogohlantirganimizdek, Rossiya Finlyandiyaning NATOga kirishi munosabati bilan milliy xavfsizligimizga tahdid soladigan xavfni to‘xtatish uchun harbiy-texnik va boshqa xarakterdagi javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘ladi”, — deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

Shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Finlyandiya o‘zining shaxsiy siyosiy ovozini yo‘qotganini, chunki u ko‘p yillar davomida NATOga a’zo bo‘lmagan kam sonli Yevropa davlatlaridan biri bo‘lganini ta’kidladi.

“Endi bu o‘tmishda qoldi. Finlyandiya xalqaro munosabatlardagi o‘ziga xos ovozini yo‘qotib, alyansning kichik, bir qarorga kelmagan a’zo davlatlaridan biriga aylandi”, — deyiladi bayonotda.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg esa Shvetsiya ham Finlyandiya kabi NATOga a’zo bo‘lish uchun barcha shartlarni bajarganini va uning alyansga kirishi yo‘lida hech qanday to‘siq bo‘lmasligi kerakligini qayd etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »