Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi qishloqlarning birida yovvoyi ayiq paydo bo‘ldi. Telegram messenjeridagi kanallarda tarqalgan videoda ayiqning odamlar yashovchi xonadonlargacha kirib borganini ko‘rish mumkin.

“Daryo” manbasining xabar qilishicha, ayiq tumanga Samarqand viloyatidagi qo‘riqxonalardan kirib kelgani taxmin qilinmoqda.

“Ayni paytda tuman hokimi boshchiligidagi to‘rtta sektor rahbarlari, tuman Ekologiya bo‘limi xodimlari ayiq borligi aytilgan hudud —''Oqoltin'' mahallasiga yetib borgan”, — deydi manba.

Manbaning aytishicha, qishloqqa oralagan ayiq haqida tuman Ekologiya bo‘limiga kecha, 4-aprel kuni xabar berilgan.

“Odamlar ayiqqa zarar yetkazmasligi uchun sektor rahbarlari voqea joyiga kelib, ayiqni eson-omon tutishib, Samarqanddagi qo‘riqxonaga qaytishni reja qilishgan”, — deydi manba.

Qashqadaryoda odamlar yashovchi qishloqqa ayiq oralashi avval ham bo‘lgan. O‘shanda ayiq homilador ayolning homilasi tushishiga sabab bo‘lgani bois, odamlar uni o‘ldirgandi.

Izoh

Orifjon Sayfiyev

05.04.2023, 18:32

Bechora ayiqvoy

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »