Fransuz brendi 55 ming yil oldin qulagan meteoritdan yasalgan sumkani taqdim etdi. Uning narxi — 43 000 dollar
Fransuz moda brendi Coperni Yer sayyorasiga 55 ming yil oldin qulagan meteoritdan yasalgan ajoyib sumkani taqdim etdi.
Brend vakillarining fikriga ko‘ra, Mini Meteorite Swipe sumkasi “arxeologiya, dizayn, klassika va ibtidoiy san’at”ni birlashtiradi va uning qiymati asos bo‘lgan meteoritga qarab 43 000 dollar qilib belgilangan, ba’zi ekzemplyarlar qimmatga tushishi ham mumkin.
Har bir ekzemplyar meteoritdan alohida qazib olinadi va tegishli sertifikatga ega bo‘ladi. Masalan, Coperni veb-saytida taqdim etilgan sumka namunasining materiali hisoblangan meteorit Yerga 55 ming yil oldin tushgan.
Har bir ekzemplyar Italiyaning mashhur fabrikasi Semar tomonidan qo‘lda ishlangan bo‘lib, uning yasalishi taxminan olti hafta davom etadi. U Swipe modeliga o‘xshash ko‘rinishga ega bo‘lib, shisha ichida ishlab chiqarilgan, biroq har bir sumkaning o‘lchami va rangi noyob material meteorning individual xususiyatlaridan kelib chiqib biroz farq qilishi mumkin.
Koperni veb-saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, sumkalar materialiga qarab qaytarilmaydi va almashtirilmaydi.