Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Meva yoki rezavorlarning hammasi ham tez vazn yo‘qotishga yordam bermaydi. Ko‘pincha ular parhezga umuman to‘sqinlik qilmasligiga ishonamiz. Aslida bu qarash mutlaqo noto‘g‘ri. Darhaqiqat, ko‘p mevalar shirinlik o‘rnini bosadi va vitaminlarga boydir. Ammo tezda vazn yo‘qotishni itasangiz, ba’zi mevalardan (hech bo‘lmaganda vaqtincha) voz kechgan yaxshi.

Avokado

Foto: Marie Claire

Ha, aynan shu meva. Avokado yuqori kaloriyali meva hisoblanadi: 100 grammda taxminan 160 kilokaloriya mavjud. Shu bilan birga avokado foydali yog‘larga boy bo‘lib, teriga yaxshi ta’sir qiladi. Shuning uchun uni butunlay tark etishning hojati yo‘q, lekin me’yorga amal qilish kerak.

Kokos

Foto: Marie Claire

Yana bir yuqori kaloriyali — juda totli bo‘lsa ham — meva (garchi botanika nuqtai nazaridan u dukkakli bo‘lsa ham). Kokos yong‘og‘i suvi ayni parhez mahsulotidir, ammo mag‘zi ko‘p miqdorda iste’mol qilinganda, nafaqat vazn yo‘qotishni sekinlashtirishi, balki kilogramm ortishiga olib kelishi ham mumkin.

Quruq mevalar

Foto: Marie Claire

Parhezning erta bosqichlarida turshak, mayiz, quritilgan olxo‘ri va boshqa zararli shirinliklardan voz kechishga yordam beradi, ammo quritilgan mevalar juda ko‘p kaloriya va shakarni o‘z ichiga oladi. Shu bois agar ozishni istasangiz, ularni o‘rtacha miqdorda iste’mol qilganingiz ma’qul.

Banan

Foto: Marie Claire

Banan kaliyga boy va ovqat hazm qilish uchun foydalidir, lekin parhez bop hisoblanadigan bu meva ham yuqori kaloriyaga ega. Bitta banan taxminan 150 kilokaloriyani o‘z ichiga oladi, shuning uchun bir nechta meva iste'moli kunlik kaloriya me’yori ortishiga olib keladi.

Mango

Yana bir nihoyatda mazali, lekin juda shirin meva. Agar chindan ham tanovul qilishni xohlasangiz, oz miqdorda iste’mol qiling.

Uzum

Foto: Marie Claire

Bir bosh uzumda 15 grammgacha shakar bo‘lishi mumkin. Parhezda bo‘lsangiz, buni inobatga olish juda muhim. Garchi uzum xolesterin bilan muvaffaqiyatli kurashadigan antioksidantlarga boy bo‘lsa ham.

Olma

Foto: Marie Claire

Ehtimol, ro‘yxatdagi eng kutilmagan meva shudir. Chunki olma nisbatan past kaloriyali mevadir. Shunga qaramay, shirin navli bitta o‘rtacha olma tarkibida 19 grammgacha shakar bor. Shu jihatdan ko‘proq kislotali (asosan yashil) navlarga e’tibor qaratgan ma’qul.

Anor

Foto: Marie Claire

Anor vitaminlarga boy va yurak muammolari xavfini kamaytiradi. Ammo shuni yodda tutingki, bitta anorda 39 grammgacha shakar mavjud. Tez vazn yo‘qotishni istasangiz, bu mevadan bir muddat voz kechganingiz ma’qul.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »