Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro jinoiy sud tomonidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berganiga izoh berdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Foto: “TASS”

Tashqi ishlar vazirligining javobiga ko‘ra, Vladimir Putin Qozog‘istonga navbatdagi tashrif bilan kelsa, hibsga olinmaydi. 

“Biz Rim statutini imzolaganimiz yoki ratifikatsiya qilganimiz yo‘q. Nizom Qozog‘istonga taalluqli emas va u bo‘yicha bizda hech qanday majburiyat yo‘q”, — dedi TIV matbuot kotibi Aybek Smadiyarov.

Putinni hibsga olish orderi

Xalqaro jinoiy sud (XJS) 17-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order berdi. Ular ukrainalik bolalarni Rossiyaga majburan deportatsiya qilishda ayblanmoqda.

Putin Rim statusini ratifikatsiya qilgan dunyoning 123 ta davlatidan istalganida tribunal talabiga binoan hibsga olinishi mumkin. Ular orasida Tojikiston ham bor. Bundan tashqari Armaniston ham Rim statutini ratifikatsiya qilish jarayonida. 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Armaniston Xalqaro jinoiy sudining Rim statutiga qo‘shilishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmasligini bildirgan. Rossiya Armanistonni Rim statutiga qo‘shilgan taqdirda ikki tomonlama munosabatlarda “o‘ta salbiy” oqibatlarga duch kelishidan ogohlantirilgan.

Shundan so‘ng Armaniston parlamenti vitse-spikeri Akop Arshakyan mamlakat Putinni Xalqaro jinoiy sudga topshirishni rejalashtirmayotganini aytgan. Arshakyan Armaniston Rossiya xavotirlariga quloq tutganini va Rim statuti Moskva bilan munosabatlarni buzmasligiga ishonch hosil qilishi mumkinligini ta’kidlagan.

“Armaniston Konstitutsiyaviy sudning qarori hech kimni hech qanday masalada aybdor deb hisoblamaydi va hech kimni hibsga olish choralarini talab qilmaydi”, — deydi u.

Bundan tashqari, vitse-spiker yaqinda boshqa davlat bilan imzolangan shartnoma haqida gapirdi, unga ko‘ra Rim statuti ikki tomonlama munosabatlarga ta’sir qilmasligi kerak. U bu qaysi davlat ekaniga aniqlik kiritmagan.

“Bunday kelishuv Rossiya bilan ham bo‘lishi mumkin, bu variantlardan biri xolos. Bir narsa aniq: biz Rossiya  tomonidan bildirilgan xavotirlarni eshitdik”, — dedi Arshakyan.

Siyosatchiga ko‘ra, Rim statutining ratifikatsiya qilinishi Armanistonga Ozarbayjon harbiylarini Tog‘li Qorabog‘dagi qurolli mojaro paytidagi jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish vositalarini beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »