Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shampun tanlash oson ish emas, hatto sochingiz qaysi turga mansubligini bilsangiz ham. Qolaversa, do‘kon rastalaridagi turli xil assortiment haqiqiy chalkashlikni keltirib chiqaradi: namlovchi, tiklovchi, silliqlaydigan, sochni hajmdor qiladigan va hokazo. Xo‘sh, ulardan qaysi birini sotib olish kerak? Ko‘pincha sochingizga mos kelmaydigan shampun tanlab qo‘yasiz. Shampun tanlashda yo‘l qo‘yadigan xatolar haqida hamma narsani bayon qilamiz, deb yozadi “Noviy ochag” nashri.

Sochingiz siyrak va siz hajm beruvchi shampun sotib olasiz

Ko‘p ayollar bunday shampunni tanlashda quyidagi xatolarga yo‘l qo‘yadi:

  • Faqat hajm uchun konditsionersiz shampun sotib olish;
  • Mahsulotni siyrak, rangi o‘chgan sochga qo‘llash;
  • Quruq sochlar va quruq bosh terisi uchun mahsulotni ishlatish.

Bunday xatolar salbiy oqibatlarga olib keladi — hajm yetishmasligi, quruq sochlar, mo‘rt tolalar, yog‘ bezlarining beqarorligi.

Afsuski, hajmli shampun hamma uchun emas. Bunday turdagi shampun faqat sog‘lom, tabiiy sochlar uchun tavsiya qilinadi. Siyrak, mo‘rt sochlar uchun bunday mahsulotlarni sotib olmagan ma’qul. Gap shundaki, hajm uchun mahsulot terining va sochning tuzilishini quritadi, agar ular allaqachon shikastlangan bo‘lsa, natija sizni quvontirmasligi aniq.

Sochni tekislovchi shampun yordam berishiga ishonchingiz komilmi?

Ko‘pchilik qadog‘ida “silliqlashtiruvchi” yozuvli shampunni sotib oladi va u sochlarini tekislaydi, deb o‘ylaydi. Aslida, bunda hech narsa sodir bo‘lmaydi. Ushbu mahsulotlar faqat uzun tekis sochlarning silliqligi uchun yaratilgan: shampun shunchaki strukturaning yumshoqligini yo‘q qiladi, serjilo qiladi. Darvoqe, ko‘pincha bu mahsulotlar gidrolizlangan keratinni o‘z ichiga oladi, buning natijasida sochlar zichroq ko‘rinadi. Agar sochingiz jingalak bo‘lsa, bunday shampun ularni tozalashdan boshqa hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

Sochni bo‘yagandan so‘ng namlovchi shampun ishlatmaysiz

Namlovchi shampun bo‘yalgan, tonik qo‘llangan, jilolangan va kimyoviy tekislashdan keyingi har qanday sochga mos keladi. Gap shundaki, soch tuzilishiga kimyoviy ta’sir qilgandan so‘ng, u juda ko‘p suvni yo‘qotadi. Sochga ko‘p miqdorda namlovchi ingrediyentlar kerak bo‘lib, ularni namlovchi mahsulotlar ta’minlaydi.

Sochingiz aralash turga mansub, lekin ularni quruq shampun bilan yuvasiz

Soch uchlari juda quruq, ildizlari esa tezda ifloslanadi — tanish holatmi? Ammo sochlaringizni quruq sochga mo‘ljallangan shampun bilan yuvasiz. Va bu katta xato! U uchlari va uzunligi bo‘ylab quruq, ingichka soch tolalari uchun javob beradi, lekin agar bosh terisi yog‘li bo‘lsa, u holda mahsulot yog‘ ishlab chiqarishni oshiradi. Bu esa bosh terisining haddan tashqari yog‘lanishiga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, bu bilan faqat vaziyatni yomonlashtirasiz!

Oddiy soch turiga yog‘li sochlarga mo‘ljallangan shampun ishlatasiz

Bunday shampunlar faqat yog‘li bosh terisi va ortiqcha yog‘ ishlab chiqarishni kamaytirish uchun mo‘ljallangan. Odatda odamda yog‘ bezlari va seboreyaning dastlabki bosqichi buzilgan bo‘lsa, unda trixologik shampunni tanlagan ma’qul. Agar muammo kosmetik bo‘lib, diyetalar, laktatsiya, gormonal o‘zgarishlar natijasida yog‘ bezlarining buzilishiga aloqador bo‘lsa, unda yog‘li sochlarga mo‘ljallangan mahsulotlar bu muammoni osongina hal qiladi.

Qazg‘oqqa qarshi shampun bilan yuvish, garchi u yo‘q bo‘lsa ham

Har qanday holatda qazg‘oqqa qarshi mahsulotdan foydalanmang, agar sizda u yo‘q bo‘lsa, hatto profilaktika maqsadida ham! Gap shundaki, qazg‘oq bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun vositalar  sochlarning tuzilishini haddan tashqari quritishga olib kelishi mumkin bo‘lgan murakkab retsept bo‘yicha yaratilgan.

Sog‘lom sochlarni doimo tiklovchi shampun bilan yuvish

Soch kimyoviy jarayon natijasida shikastlanganda unga tiklovchi shampun kerak bo‘ladi. Ularni sog‘lom va tabiiy sochlarga ishlatish shunchaki mantiqsizlik, chunki bunday mahsulotlar strukturaning og‘irligiga olib keladi. Sochlar shunchaki hajmini yo‘qotadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, agar siz sochni kuchli parvarish kursidan o‘tkazgan bo‘lsangiz, tiklash vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Shu tariqa hamma narsa oddiy: birinchi qadam — namlash, ikkinchisi — tiklash. Barcha tiklash mahsulotlari soch tuzilishini faol moddalar bilan tanishtirish va to‘ldirish tamoyili asosida ishlaydi.

Uzoq vaqt davomida bo‘yalmagan soch uchun rangli sochga mo‘ljallangan shampundan foydalanasiz

Agar bo‘yalgan sochlar uchun shampunni tabiiy sochlarga ishlatsangiz, hech qanday zarar bo‘lmaydi, lekin hech qanday ta’sir ham bo‘lmaydi. Shunchaki ortiqcha pul yo‘qotishdan boshqa narsa emas! Mahsulot rangli sochlar uchun maxsus mo‘ljallangan, chunki ular sun’iy pigmentni ushlab turish uchun mikroplyonkaga muhtoj. Bunga bo‘yalgan sochlar uchun ishlab chiqarilgan shampun ko‘mak beradi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »