Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahri Sergeli tumanida ayol uch nafar farzandi bilan o‘zini 9-qavatdan tashlab, halok bo‘lgandi. Bosh prokuratura holat yuzasidan murojaat bilan chiqdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, hozirgi kunda sodir bo‘lgan voqea bilan bog‘liq holatlar yuzasidan turli ijtimoiy tarmoqlarda surishtiruvlar o‘tkazilib, vafot etgan shaxs hamda uning yaqin qarindoshlarining shaxsiy hayoti, sha’niga doir ma’lumotlar har xil talqin qilingan holda ommaviy axborot vositalarida tarqatib kelinmoqda.  

Tarqatilayotgan ushbu ma’lumotlar tergovning obyektiv va xolisona olib borilishiga xalaqit qilmoqda. Shu sababli Bosh prokuratura Jinoyat-protsessual kodeksi talablaridan kelib chiqib, tergov harakatlari olib borilayotgan vaqtda shaxsga doir ma’lumotlarni tarqatish va tergovga aralashish qonun bilan taqiqlanishini eslatib o‘tgan.

“Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, tergov tugagunga qadar ijtimoiy tarmoqlarda ushbu fojiaga oid ma’lumotlarni tarqatmaslik va fuqarolar shaxsiy hayotini muhokama qilmaslikka chaqiramiz. Tergov natijasi haqida qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »