Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi qishloqda paydo bo‘lgan yovvoyi ayiq otib o‘ldirilgani xabar berildi. Tarmoqlarda ayiqning otilgani aks etgan videotasvirlar ham paydo bo‘ldi.

Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati vakili bu xabarni tasdiqladi.

Masʼul “Daryo” jurnalistining “ayiq vazirlik vakillari tomonidan otilganmi yoki mahalliy aholi tomonidanmi?” degan savoliga “bunga aniqlik kiritilmoqda”, deya javob qaytargan.

Avvalroq ayiq odamlar yashovchi qishloqqa borgani va hatto ushbu hududdagi umumtaʼlim maktabi binosiga kirishga uringani xabar berilgandi. Keyinchalik hokimlik bunga munosabat bildirib, ayiq qishloqdagi jarliklardan biriga kirib olganini, ayiqning odamlarga zarar yetkazmasligi, shuningdek, odamlar hayotiga xavf solmasligi masʼullar nazoratida ekani aytilgandi.

Izoh

R.S.S

06.04.2023, 18:32

AYIQNI O'LDIRMASDAN,UNI TUTIB OLIB TOG'LARDAGI TABIIY QO'RIQXONALARDAN BIRIGA QO'YIB YUBORILSA BO'LARDIKU...

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »