Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Klassik jinsi shimlardan tortib yillar davomida muhim tashqi kiyim modeli bo‘lgan universal paltogacha — ancha yillardan beri sifati va mashhurligini yo‘qotmagan brendlar haqida ma’lumot beramiz.

Levi’s jinsi shimlari

Foto: Marie Claire

Jinsilar haqida gap ketganda, birinchi assotsiatsiya ko‘pincha Levi’s brendi bilan paydo bo‘ladi. Ularning mashhur 501 modeli XIX asrning oxirida yaratilgan, ammo XX asrning 60-yillarida haqiqatan ham mashhur bo‘lgan. 70 yildan ortiq vaqt o‘tsa-da, uslub hali ham dolzarb. Yulduzlar ham moda mutaxassislarining fikriga qo‘shiladi. Misol uchun, Merilin Monro 501 ni “Sargardonlar” filmida kiygan, Stiv Jobs esa bu jinsi shimlarni o‘zining eng mashhur obraziga aylantirgan.

Burberry trench paltosi

Foto: Marie Claire

Burberry trenchini tanishtirishning xojati yo‘q. 1879-yilda Tomas Burberry noyob suv o‘tkazmaydigan gabardin paxtasini ishlab chiqdi va o‘z dizaynini patentladi, shundan so‘ng dizaynerdan Britaniya armiyasi uchun yengilroq, ammo ob-havo sharoitlariga chidamliroq yangi paltolar yaratish taklif qilindi. Birinchi jahon urushi paytida bu kiyimlarni xandaqlarda jang qilayotgan askarlar kiygan. Zamonaviy klassik trench palto ko‘p o‘zgarmadi va hali ham funksional va qulay.

Uniqlo kurtkasi

Foto: Marie Claire

Uniqlo brendi anchadan beri zamonaviy tendensiyalarga bog‘liq bo‘lmagan ko‘p qirrali va funksional uslubni yaxshi ko‘radiganlarning sevimlisiga aylandi. Dunyo, ayniqsa, yupqaroq palto yoki ko‘ylak ostidan qo‘shimcha qatlam sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan yengil kurtka va pidjaklarga maftun bo‘ldi.

Gucci Jackie sumkasi

Foto: Marie Claire

Klassik Gucci Jackie sumkasi 1950-yillarda italyan uyi tomonidan ishlab chiqilgan va dastlab Fifties Constance deb nomlangan. Biroq Jeki Kennedi ushbu aksessuar bilan bir necha bor omma oldida paydo bo‘lgandan so‘ng, u sobiq birinchi xonimning uslubi bilan sinonimga aylandi va hatto uning nomini oldi. O‘shandan beri Jeki brendning ko‘plab kolleksiyalarida asosiy sumka bo‘lib kelgan va ko‘pincha kichik o‘zgarishlar bilan qayta ishlab chiqarilgan. Aytgancha, ushbu modelning muxlislari orasida nafaqat ayollar, balki erkaklar ham bor — masalan, Garri Stylez Gucci’ning ashaddiy muxlisi.

adidas Stan Smith krossovkalari

Foto: Marie Claire

60-yillarda taqdim etilgan poyabzal dastlab tennischilar uchun yaratilgan. Oq krossovkalar o‘zining mashhur nomini 1978-yilda mashhur amerikalik tennischi Sten Smitga hurmat sifatida oldi. Sten Smitga bo‘lgan talabni jonlantirish uchun 2014-yilda adidas poyabzalni Celinening sobiq kreativ direktori Fibi Filoga taklif qildi. Ko‘rinishidan, marketing taktikasi rejalashtirilganidek ishladi. Keyingi yillarda hamma ushbu modelga e'tibor qaratdi: Viktoriya Bekxem va Mark Jeykobsdan Kendall Jenner va Zendayagacha.

Hermes Birkin sumkasi

Foto: Marie Claire

Hermes Birkin sumkasi eng muhim sarmoyadir va ko‘pchilik orzu qiladigan ko‘rinishga ega. Aksessuarlar son-sanoqsiz materiallardan tayyorlanishi mumkin — ular 20 soat ichida olti bosqichda qo‘lda ishlanadi. Bunday abadiy modelning narxi, albatta, qimmat — bu sumkani olish juda qiyin, ammo iloji bor.

Dr. Martens botinkalari

Foto: Marie Claire

XX asrda 25 yoshli askar Klaus Martens va uning do‘sti hamda biznes sherigi Gerbert Funk 70 yil o‘tgach, qo‘pol etiklar moda haftaliklarida moda ixlosmandlarining sevimlisiga va eng mashhur poyabzallardan biriga aylanishini tasavvur ham qilishmagan. Ko‘p qirrali dizayn va chidamlilik — poyabzal tobora ko‘proq muxlislarga ega bo‘lishining asosiy sabablaridan biridir.

Panther de Cartier soatlari

Foto: Marie Claire

Birinchi Panthère de Cartier soati 1983-yilda chiqarilgan va o‘zining ulkan oltin bilaguzuk tasmasi tufayli 80-yillarni eslatadi. O‘zining yorqinligiga qaramay, bu variant yumaloq burchakli kvadrat siferblatga birlashtirilgan oltin zanjir tufayli ancha ixcham ko‘rinadi. U pantera sharafiga nomlangan va bilaguzuk ta'qib qiluvchi yirtqichning chaqqon harakatlarini eslatadi.

Converse kedalari

Foto: Marie Claire

Yana bir poyabzal, albatta, hech qanday tanishtirishga muhtoj emas. Converse’ni hamma biladi va juda yaxshi ko‘radi — yangi buyumlarni yaxshi ko‘radigan yulduzlar ham, klassik variantlarni afzal ko‘radigan universal va funksional modani sevuvchilar ham. Amerika brendi kolleksiyasida klassik modellarni ham, zamonaviy rassom va dizaynerlar bilan g‘ayrioddiy hamkorlikni ham topishingiz mumkin.

Tiffany T bilaguzugi

Foto: Marie Claire

2014-yilda taqdim etilgan Tiffany T kolleksiyasi Francheska Amfitheatrof tomonidan yaratilgan va uning Tiffany & Co dizayn direktori sifatidagi birinchi dizayni edi. Dizayner Nyu-yorklik ayollar uslubidan va dunyodagi eng gavjum shahar dinamikasidan ilhomlangan, biroq ayni paytda Amfiteatrofning qarashlari bilan ajralmas bo‘lgan soddalik va ixcham dizaynni hisobga olgan. Tiffany T bilaguzugining murakkab bo‘lmagan estetikasi uni bejirim uslubni sevuvchilarni hayratga soladi, shubhasiz “T” esa logomaniyani yaxshi ko‘radiganlar uchun mavqe belgisi bo‘lib xizmat qiladi.

Birkenstock sandallari

Foto: Marie Claire

Mashhur Birkenstock Arizona sandali ko‘p yillardan beri mavjud (aslida 1973-yildan beri) va eng qulay hamda arzon variantlardan biri hisoblanadi. Bir muncha vaqt ular xunuk poyabzallar toifasiga kirgan bo‘lsa-da, hozirda Birkenstocks yulduzlar orasida universal va mashhur yozgi poyabzal hisoblanadi.

Chanel tuflilari

Foto: Marie Claire

Chanelning mashhur ikki xil rangli tuflilari 60 yil oldin yaratilgan bo‘lsa ham, ular hali ham eng ko‘p orzu qilingan poyabzallardan biri hisoblanadi. Har mavsumda fransuz brendi bir zumda sotiladigan yangilangan variatsiyani chiqaradi. Ikki rangli poyafzal 1957-yilda Koko Shanel tomonidan ishlab chiqilgan va bugungi kunda ham dolzarbdir.

Hermes soati

Foto: Marie Claire

Hermès Birkin sumkasiga o‘xshab, fransuz uyining soati ham universal va mashhur, ammo ko‘zga tashlanmaydi. Odatda soatlar o‘ziga xos H harfiga ega bo‘lib, kamarlar to‘q sariq, jigarrang yoki qora ranglarda ishlab chiqariladi. Klassik soatlarning narxi juda qimmat bo‘lishiga qaramay, bu umr bo‘yi foydalanish mumkin bo‘lgan modellardan biridir.

Barbour kurtkalari

Foto: Marie Claire

Barbour 1845 yilda tashkil etilgan va so‘nggi o‘n yilliklar davomida deyarli o‘zgarmagan tashqi kiyimlari bilan dunyoga mashhur. Brend uzoq vaqtdan beri yuqori sifatli, universal va klassik narsalarni qadrlaydigan Britaniya qirollik oilasining sevimli brendi bo‘lib kelgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »