Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston bilan chegaradosh Qozog‘istonning Chimkent shahri aholisi bahor uchun odatiy bo‘lmagan chayonlar bosqinidan aziyat chekmoqda. Bu haqda ASTANA telekanaliga tayanib, “Daryo”ning Qozog‘istondagi muxbiri xabar berdi.

Chimkentliklarning uylarida chayonlar tez-tez ko‘rina boshladi. Shahar aholisi ularni hammom, oshxona, yerto‘la va sabzavot qoplarida aniqlamoqda.

“Men tushlik tayyorlayotgan edim. Qog‘oz paketdagi qolgan kartoshkani rakovinaga tashlayotgandim, paket ichidagi chayon rakovinaga tushdi. Uni plastik chelakda ushlab turdim, qo‘rquvdan hushimni yo‘qotishimga sal qoldi”, — deydi aholidan biri.

Chayonlar yozda, ayniqsa, yuqori issiqlikda juda ham tajovuzkor bo‘ladi. Bu davrda chayon chaqishi bo‘yicha statistika keskin ko‘tariladi. Holat yuzasidan har kuni uch nafargacha odam tibbiy yordamga murojaat qiladi. Shifokorlar agar bolalar va qariyalar chayon chaqishidan jarohatlansa, shoshilinch kasalxonaga borishdan ogohlantirmoqda.

Chayon chaqishi og‘riqli ukol yoki hasharotlar hujumiga o‘xshaydi, shuning uchun odam chayon chaqqan taqdirda darrov sezadi. Ko‘pincha bu yurak yetishmovchiligi, kuchli xavotirlanishning rivojlanishi bilan birga keladi. Shuningdek, jabrlanuvchining harakatlarida sustlik kuzatilishi mumkin.

Svetlana Shesternyova, Olmaota

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »