Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan ikki korxona rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi

Xabarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan “Mikrokreditbank” ATB Jarqo‘rg‘on filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.S.” xususiy korxonasi rahbari U.Q. bank filialidan ajratilgan 600 million so‘m kredit mablag‘i evaziga shartnomada ko‘rsatilgan Paynet xizmatini tashkil etmasdan, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Shu kabi departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Y.E turmush o‘rtog‘ining nomiga tashkil etgan “S.A.” MCHJni norasmiy boshqarib kelib, “Mikrokreditbank” ATB Jarqo‘rg‘on filialidan ajratilgan 300 million so‘m kredit evaziga issiqxona tashkil etmasdan, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani hamda kredit taʼminoti sifatida garovga qo‘yilgan avtotransport vositalarini qasddan yashirgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »