Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘pgina jiddiy kasalliklardagi asosiy muammo shuki, ular uzoq vaqt davomida o‘zlarini ayon qilmasliklari mumkin. Har qanday, hatto eng xavfli kasallikning oldini olishning oltin qoidasi erta tashxis qo‘yishdir. Biroq ularning hammasi ham erta bosqichda o‘zini namoyon qilmaydi, shu bois uzoq vaqt davomida haqiqatan ham jiddiy xasta ekaningizga ishonmaysiz. Mutaxassis bilan birgalikda e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak bo‘lgan xavfli kasalliklar ro‘yxati tuzildi.

Yuqori qon bosimi (gipertoniya)

Gipertoniya ko‘pincha simptomsizdir. Yuqori qon bosimi yurak xuruji va qon tomirlari uchun asosiy xavf omilidir. Shuningdek, buyrak yetishmovchiligi va retinal patologiyalar xavfini oshiradi. Bu, ayniqsa, aniqlanmagan gipertoniya bilan bemor og‘riq qoldiruvchi vositalarni qabul qilish orqali simptomlarni yo‘q qilishga harakat qilganda xavflidir. Ammo sabab saqlanib qoladi va vaziyat yanada yomonlashishi mumkin.

40 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom odamlar qon bosimini yiliga bir marta, 40 yoshdan keyin yoki xavf omillari (ortiqcha vazn, diabet, yaqin qarindoshlarda gipertoniya) mavjud bo‘lganda — yiliga 2-3 marta o‘lchashlari kerak. Agar yuqori qon bosimi aniqlansa (140/90 mmHg dan ortiq), kardiolog bilan bog‘lanishingiz kerak.

Foto: Marie Claire

Tebranma aritmiya

Tebranma aritmiya yurak ritmining eng keng tarqalgan kasalliklaridan biridir. Keksalarda bu yoshlarga qaraganda ko‘p uchraydi va u tez-tez tartibsiz yurak urishi sifatida seziladi. Biroq aksar hollarda bemorlar me’yorda bo‘lmagan yurak urishini sezmaydilar.

Shu bilan birga, ushbu kasallik qon tomir xavfini sezilarli darajada oshiradi. 10-30 foiz hollarda (turli tadqiqotlarga ko‘ra), bemorda allaqachon insult sodir bo‘lganida bu kasallikning mavjudligi haqida bilib oladi. Erta tashxis qo‘yish uchun siz yiliga bir marta EKG qilishingiz kerak va shubhali holatlarda shifokor kun davomida EKGni kuzatishni tavsiya qiladi.

Onkologik kasalliklar

Dastlabki bosqichlarda o‘sma neoplazmalari ham ko‘pincha alomatsizdir. Vazn yo‘qotish, tana haroratining uzoq muddatli ko‘tarilishi, yangi va tushunarsiz og‘riqli hislarning paydo bo‘lishi, zaiflik, rangparlik, surunkali ich qotishi va boshqalar kabi belgilar saraton jarayonidan shubhalanishga sabab bo‘ladi.

Afsuski, saraton kasalligini aniqlashda o‘sma belgilari uchun qon topshirish yetarli bo‘lmaydi — aksariyat hollarda bu tahlil past sezuvchanlik va o‘ziga xoslikka ega.

Bundan tashqari, saraton bir kasallik emas, balki chastotasi, rivojlanish tezligi, prognozi bilan farq qiluvchi yuzdan ortiq turli xil kasalliklar ekanligini anglash muhimdir. Shu sababli JSST va turli mamlakatlardagi saraton jamiyatlari turli xil saraton skrining protokollarini ishlab chiqmoqda. Masalan, ayollar uchun HPV testi bachadon bo‘yni saratonini aniqlashning eng afzal usuli hisoblanadi va ko‘krak saratonini aniqlash uchun mammografiya qo‘llanadi.

Foto: Marie Claire

Qon tomirlarda ateroskleroz

Dastlabki bosqichlarda bu kasallik ham belgisizdir. Shu bilan birga, lokalizatsiyaga qarab qon tomirlarda xolesterin cho‘kmalari hosil bo‘lishi infarkt, insult rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun qondagi xolesterin darajasini muntazam ravishda kuzatib borish muhimdir. Bo‘yin tomirlarining yuqori qismi va oyoq tomirlarining ultratovush tekshiruvi oldindan mavjud bo‘lgan aterosklerotik cho‘kmalarni aniqlash uchun tavsiya etiladi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »