Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning San-Antonio shahrida O‘zbekiston vaqti bilan 9-aprel tongida boks oqshomi o‘tkazilmoqda.

Foto: DAZN

Musobaqada o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov (9-0-1, 6 KO) ham o‘z jangini o‘tkazdi. Unga amerikalik bokschi Rafael Igbokve (15-4, 7 KO) raqib bo‘ldi.

Jang to‘liq o‘n raund davom etdi. Dastlabki raundda bokschilar teng kurash olib bordi, Madrimov so‘nggi soniyalardagi kuchli zarbasi orqali raundni muvaffaqiyatli yakunlandi. Keyingi uch raund O‘zbekiston vakilining to‘liq ustunligida o‘tdi.

Jangning ikkinchi yarmida temp o‘rtacha bo‘ldi va asosan Isroilning aniq yo‘naltirilgan zarbalari bilan yodda qoldi. Yakunda hakamlar bir ovozdan Madrimovning g‘alabasini qayd etdi — 100:90, 99:91, 99:91.

Shu tariqa Madrimov faoliyatidagi 9-g‘alabani qayd etdi.

Mazkur boks oqshomida yana bir o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev ham ringga ko‘tariladi. Unga Marlon Tapales raqib bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »