Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gaz plitasi oldida kamroq turishga va energiyani tejashga yordam beradigan tavsiyalarni siz ham sinab ko‘rishingiz mumkin.

  1. Kechagi yeyilmagan taomdan foydalaning

Ko‘pincha, kechki taomning qolgan bir qismi muzlatkichga qo‘yiladi va u bir necha hafta u yerda unutib qoldiriladi yoki shunchaki tashlab yuboriladi. Bu isrofdan boshqa narsa emas.

Kechagi taom sizni keyingi tushlik yoki kechki ovqatni noldan tayyorlash bilan bog‘liq qiyinchiliklardan xalos qilishi mumkin. Uni mikroto‘lqinli pechda qizdirish va iste’mol qilish u qadar yoqimli emas, mazasi ham totli bo‘lmasligi, shubhasiz. Ammo siz buning o‘rniga boshqa variantlarni sinab ko‘ring:

  • kechagi ortib qolgan sho‘rvaga qo‘shimcha lazzat kuchaytirgich, ko‘katlar soling.
  • yeyilmagan garnirni, deylik, guruchni, sariyog‘, tuxum va sabzavotlar bilan qovuring: bir necha daqiqada tushlik tayyor.
  • tovada yengil qovurilgan go‘sht va sabzavotlarga pishloq, salat bargi qo‘shing va hammasini pita noniga o‘rang — shaurma yoki burrito mavzusida chiroyli improvizatsiya qila olasiz.
  • guruch va yasmiq, grechka va loviya, kuskus va bulg‘or qalampiri kabi bir necha turdagi don va dukkakli ekinlarni aralashtirib pishiring, ko‘katlar, sariyog‘, ziravorlar qo‘shing. Endi yangi garnir tayyorlashingiz shart emas.
  • sabzavotli smuzi tayyorlash uchun qolgan salat bargi va ko‘katlarni blenderga solib maydalang.
  • pitsa xamirini sotib oling, ustiga go‘sht va sabzavotlarni soling, ustidan qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq seping va pechga 10-15 daqiqaga qo‘ying. Ha, bu italyan restoranining shohona taomi bo‘lmasligi mumkin, ammo aniq mazali bo‘lib chiqadi.

Ushbu usullar bilan nafaqat keyinroq foydalanish uchun qolgan ovqatni tejashingiz, balki ataylab bir oz ko‘proq pishirishingiz mumkin.

  1. Oshxonada inventarizatsiya o‘tkazing

Hatto, har doim taom tayyorlashni yaxshi ko‘radiganlar ham charchashadi. Agar qo‘lingizda qulay asbob-uskunalar bo‘lmasa, gaz plitasiga tezroq olib boradi.

Oshxonangizda oson tozalanadigan pishirish listi bo‘lsa, har safar butun listni artib tozalashingiz emas, shuningdek, kastryulkalar kabi idishlarda tez, mazali va foydali taomlarni tayyorlashingiz mumkin bo‘ladi. Toster, blender kabi maishiy texnikalar bilan nonushta va gazaklar endi muammo bo‘lmaydi. Multivarka turli taomlarni pishirishga yordam bersa, mikser pishiriqlar va blinchiklarni tayyorlashni soddalashtiradi. Gril tovasida siz 10 daqiqada garnir uchun sabzavotlarni mazali qovura olasiz.

Oshxonada nimani yo‘qligini aniqlang va asta-sekin yetishmayotganini sotib oling. Yaxshi idish-tovoq va maishiy texnika pul talab qiladi, lekin ular ovqat pishirishni yanada yoqimli qilishga yordam beradi.

  1. Muzlatkichni unutmang

Odatda muzlatkichda xom go‘sht, parranda go‘shti yoki baliq, ba’zida chuchvara kabi yarim tayyor mahsulotlar va kolbasa saqlanadi.

Lekin muzlatkich tayyor ovqat uchun qo‘l keladi. Bu nafaqat pishirish vaqtini, balki pulni ham tejashga yordam beradi. Misol uchun, agar taomni juda ko‘p pishirgan bo‘lsangiz, ba’zi taomlarni muzlatib qo‘yishingiz mumkin.

Ba’zilar ataylab ovqatni ko‘p tayyorlaydilar, uni qismlarga bo‘lib muzlatib qo‘yishadi, keyin esa yangisini pishirishga vaqt, kuch va istaklari bo‘lmasa, muzdan eritib, tanovul qiladilar.

  1. Bir haftalik menyu tuzing

Va unga oldindan oziq-ovqat sotib oling. Odatda ko‘p vaqt ovqat pishirishga emas, balki nima pishirishni o‘ylab topishga, shkaflar va muzlatgichni o‘n marta ko‘zdan kechirishga sarflanadi, sut, tuxum yoki grechka yo‘qligini bilgach, uy bekalari og‘ir xo‘rsinib uy yaqinidagi do‘konga yo‘l olishadi.

Agar siz kelgusi hafta uchun menyu tuzsangiz, bu o‘ylovlarning barchasi tugaydi. Menyu murakkab bo‘lmasligi kerak: o‘zingiz yoqtirgan 10-15 ta oddiy taomlar ro‘yxatini tuzing va ularni turli yo‘llar bilan birlashtiring, vaqti-vaqti bilan almashtiring.

Bundan tashqari, oldindan tuzilgan menyu har kuni noldan yangi taom tayyorlash kerak degani emas. Bir so‘z bilan aytganda, menyuni to‘g‘ri tuzish va xaridlarni rejalashtirish uchun bir soat vaqt sarflash vaqtingizni, kuchingizni, asablaringizni va ehtimol, pulingizni ham tejaydi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »