Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga taxminan 1 million kishi sayyoh sifatida keladi. Bu o‘tgan yilga nisbatan (567 ming kishi) deyarli ikki baravar ko‘p. Bu haqda O‘zbekistonning Rostov-Dondagi bosh konsuli Barxon Aliqulovga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Bu yil biz Rossiyadan millionga yaqin sayyoh kelishini kutmoqdamiz. Buning uchun bizda barcha imkoniyatlar mavjud, biroq Rossiya uchun O‘zbekistonning subturoperatorlari bilan hamkorlikni yanada faollashtirishimiz kerak, — dedi u.

Aliqulovning aniqlik kiritishicha, 2022-yil oxirida rossiyaliklarning O‘zbekistonga sayyohlik oqimi 567 ming kishini tashkil qilgan. U O‘zbekistonda arxitektura-madaniy turizmdan tashqari, boshqa sohalar: ekoturizm, sport va ishbilarmonlik turizmi ham faol rivojlanayotganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Bosh konsulning so‘zlariga ko‘ra, 24-26-aprel kunlari mamlakatda Innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasining o‘tkazilishi ishbilarmonlik turizmining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Hozir rivojlanayotgan gastro-turizm alohida masala. O‘zbekistonda bo‘lganingizda istalgan obyektga borishdan bosh tortishingiz mumkin, lekin o‘zbek taomidan voz kechishning iloji yo‘q. Bu xorijlik mehmonlarimizning bayonoti, — deydi u.

O‘zbekiston Shimoliy Kavkaz bilan ham ziyorat turizmini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Buning uchun mintaqalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.

Hozir biz ziyorat turizmi bo‘yicha faol ishlay boshladik, asosan Shimoliy Kavkaz mintaqalari bilan — Checheniston, Dog‘iston bilan allaqachon ma’lum turistik paketlarni ishlab chiqqanmiz.

Endilikda biz ham to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish ustida ishlayapmiz. Bu hamkorlikni faollashtirishga xizmat qilmoqda. Biz sayyohlik kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik qilishimiz kerak, — deb tushuntirdi Aliqulov.

Avvalroq rossiyaliklar ish izlayotgan eng mashhur mamlakatlar ma’lum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »