Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Allergiya eng keng tarqalgan surunkali kasallik hisoblanadi. Ushbu kasallikning ba’zi shakllari dunyo aholisining 10 dan 40 foizigacha ta’sir qiladi va 2025-yilga kelib bu kasallikka chalinganlar soni 50 foizgacha oshishi mumkin.

Allergiyani aniqlash oson, degan stereotip mavjud. Yoshlangan ko‘zlar, burun bitishi, toshmalar — haqiqatan ham, bu allergiyaning eng keng tarqalgan alomatlari hisoblanadi. Biroq bu kasallikning boshqa belgilari ham bor. Lifehacker nashri ko‘p hollarda e’tiborsiz qoldiriladigan allergiya belgilari haqida ma’lumot berdi.

Foto: Lifehacker

Bosh og‘rig‘i

Bosh og‘rig‘ining o‘nlab sabablari bo‘lishi mumkin. Noqulaylik hissiga ko‘ra, bosh og‘rig‘i allergiya tufayli ham bo‘lishi mumkin. Bunda ikkita variant mavjud:

  • og‘riq burun bo‘shlig‘ida paydo bo‘lib, burun ko‘prigiga tarqaladi;
  • og‘riq bir tomonlama (faqat boshning chap yoki o‘ng tomoniga ta’sir qiladi) bo‘ladi. Bu holat quyosh nuri tushishi bilan kuchayishi va ko‘ngil aynishi holatlari bilan kuzatilishi mumkin.

Agar bunday holatlar muntazam ravishda takrorlansa, terapevtga yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri allergistga murojaat qilish kerak. Bu holatda gul changiga allergiya bo‘lishi aniq alomat hisoblanadi.

Foto: “Yandeks.ru”

Qabziyat

Qabziyat — oziq-ovqat mahsulotlariga allergiya borligining eng keng tarqalgan belgilaridan biri. Bu, ayniqsa yosh bolalarda namoyon bo‘ladi.

Uch yoshgacha bo‘lgan deyarli 9 500 nafar bolani o‘rganish natijasida ich qotishi bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan chaqaloqlarning 73 foiziga keyinchalik sigir suti oqsiliga allergiya tashxisi qo‘yilgan.

Katta yoshlilarda ich qotishi va oziq-ovqat mahsulotlariga allergiya belgilari o‘rtasidagi farqni bilish qiyin. Biroq, uning mavjudligi taxmin qilish mumkin. Agar muntazam ravishda ichak harakatida qiyinchiliklarga duch kelsangiz, tanangiz dietangizdagi allergenlardan aziyat chekayotgan bo‘lishi mumkin.

Doimiy charchoq hissi

O‘simlik gulchanglariga, changga, uy hayvonlarining tuklariga allergiya mavjudligi burun yo‘llarida shish paydo bo‘lishi bilan yuzaga chiqadi. Shish ahamiyatsiz va sezilmaydigan bo‘lsa ham, o‘pkaga kislorod yetkazib berish va ularga organ, to‘qimalarni yetkazib berish yomonlashishi mumkin, biroq bu hali hammasi emas.

Burunda nafas olish bilan bog‘liq qiyinchiliklar tufayli odam uxlay olmaydi. Bu holatlarda inson tunda tez-tez uyg‘onish va tongda o‘zini charchagan holda his qiladi. Kun sayin charchoq kuchayadi. Agar shunday bo‘lsa, terapevtga murojaat qilish kerak.

Xotira susayishi

Doimiy uyqusizlikni bilan birga, diqqatni jamlash va xotira bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi.

Foto: “Yandeks.ru”

Yorilgan lablar

Og‘iz orqali nafas olish odati labning qurishi va yorilishiga olib keladi. Ko‘pincha labdagi yoriqlar allergiya bilan og‘rigan bemorlarda seziladigan ilk alomat hisoblanadi.

Qorin og‘rig‘i

Klivlend klinikasi ma’lumotlariga ko'ra, muntazam, yengil qorin og‘rishi oziq-ovqat mahsulotlariga allergiya borligining nisbatan keng tarqalgan, biroq ko‘pincha e’tibordan chetda qolgan alomati hisoblanadi.

Og‘riq sababi — allergen bilan aloqa qilishda oshqozon-ichak traktida ishlab chiqariladigan gistaminlar.

Ko‘z ostidagi qora doiralar

Sinuslarda allergik shish ko‘z ostidagi kichik kapillyarlarda qonning turg‘unligiga olib keladi. Qon tomirlari kengayadi, qorayadi va ko‘z atrofidagi eng nozik teri ostida ko‘rinadigan bo‘ladi.

Hid sezishning yo‘qolishi

Agar allergiya bilan bog‘liq burun bitishi davolanmasa (masalan, buni sezmaslik va og‘iz orqali nafas olishga odatlanmaslik), bu holat yomonlashishi yoki hatto hid sezish qobiliyatining yo‘qolishi — anosmiyaga olib kelishi mumkin.

Ta’m sezuvchanligining pasayishi

Ta’mni his qilish qobiliyati hid sezish hissi bilan chambarchas bog‘liq. Agar hid sezish bilan muammoga duch kelsangiz, unda ta’m bilish qobiliyati ham yo‘qoladi.

Siz bilvosita belgilar bilan ta’m sezuvchanligining pasayishini sezishingiz mumkin. Masalan, taomingiz ta’mini yaxshilash uchun tuz va murchni oldingidan ko‘ra tez-tez ishlata boshlaysiz.

Hirillagan ovoz

Jiddiy allergiya vokal traktini siqadi. Bu ovozning bo‘g‘ilishiga olib kelishi mumkin. Agar paydo bo‘lgan tovush 7-10 kun ichida o‘zgarmasa, terapevt qabuliga borish kerak.

Allergiya belgisi sababsiz quruq yo‘tal bilan paydo bo‘lishi mumkin, undan hech qanday tarzda qutulolmaysiz.

Xavotirlanish, tashvishlanishning kuchayishi

Anafilaktik shok, allergik reaksiyaning og‘ir shakli, ba’zida vahima hurujiga o‘xshaydi. Agar muntazam ravishda vahima hurujlarini boshdan kechirsangiz va ularga nima sabab bo‘layotganini tushunmasangiz, atrofingizdagi muhitga e’tibor bering.

Vahima shaxsan siz uchun xavfli bo‘lgan allergenning organizmga javobi bo‘lishi mumkin. Agar o‘zingizda allergiya bor deb o‘ylasangiz, shifokoringiz bilan bog‘laning va unga sizga shubhali ko‘rinayotgan alomatlar haqida batafsil aytib bering. Shifokor sizni tekshiradi, turmush tarzingiz, ovqatlanishingiz, yomon odatlaringiz haqida so‘raydi. U katta ehtimol bilan boshqa kasalliklar yo‘qligini aniqlash uchun bir qator testlarni o‘tkazishni taklif qiladi.

Agar terapevtga yashirin allergiya haqidagi taxmin o‘rinli bo‘lib tuyulsa, boshqa mutaxassis — allergist qabuliga borasiz va uning rahbarligi ostida tanangizda haddan tashqari noqulaylik reaksiyasini keltirib chiqaradigan moddani topish uchun allergenlar uchun sinovdan o‘tasiz.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »