Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda yangi qonun bilan aliment to‘lamagan shaxs haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy jalb qilinadi. 

Mamlakatda 2021-yilda voyaga yetmagan farzandiga aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 5,3 mingdan ortiq fuqaro maʼmuriy qamoq jazosiga tortilgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 8,7 mingdan ortgan.

Qonunda aliment to‘lamaganlik uchun belgilangan jarima yoki qamoq jazosi aliment oluvchi bolaga hech qanday naf keltirmaydi. Aksincha, shaxsning mablag‘i jarima uchun undirilishiga yoki u qamoqqa olinib, 15 sutka mobaynida daromad topish va aliment to‘lash imkoniyatidan mahrum bo‘lishiga olib keladi.

Buning oldini olish uchun qonunga yangi maʼmuriy jazo turi — haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy jalb qilish jazosi kiritilmoqda. Bunda aliment to‘lamagan shaxsning jamoat ishlarini bajarib olgan haqining teng yarmi aliment oluvchiga beriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »