Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda kikshering xizmatining afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilindi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti xabar berdi.

Foto: PrimaMedia

Kikshering (inglizcha kick — “oyoq bilan tepish” va sharing — “birgalikda foydalanish”) — bu elektr samokatlarni qisqa muddatga ijaraga olish xizmatidir.

2022-yilning aprel oyida Toshkentda birinchi kikshering xizmati ishga tushirildi va qisqa vaqt ichida ommalashdi.

Biroq mazkur transport vositalarining betartib harakatlanishi piyodalar, velosipedchilar va avtomashinalar uchun qator muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Afzalliklari:

  • qisqa vaqt ichida A nuqtadan B nuqtaga yetib borish uchun qulay transport vositasi;
  • avtomobilga nisbatan narxi arzon;
  • shaxsiy avtomobillarga muqobil vosita bo‘lganligi sababli tirbandlikni kamaytiradi;
  • ekologik toza transport.

Kamchiliklari:

  • samokatlarning avtomobil yo‘lidagi betartib harakati haydovchilarda stressni keltirib chiqaradi;
  • piyodalar yo‘lagida kimo‘zarga o‘ynash qariyalar, bolalar va nogironlar uchun xavf tug‘diradi;
  • qurilmadan bir vaqtda bir necha kishi foydalanishi;
  • elektr samokatlarning yo‘llarda betartib qoldirib ketilishi piyoda va avtomobillar harakatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
  • voyaga yetmaganlar va mast holdagi kishilarning elektr samokatlarni ijaraga olishi.

Elektr samokatlar bilan bog‘liq noxush hodisalar statistikasi

Italiyada so‘nggi ikki yil ichida elektr samokatlar ishtirokida ro‘y bergan yo‘l transport hodisalari (YTH) oqibatida 17 kishi vafot etgan. 

Fransiyada 2022-yilda elektr samokatlar 27 kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Xususan, Parijda 3 kishi hayotdan ko‘z yumgan va 459 kishi jarohatlangan.  

Buyuk Britaniyada 2021-yil 10 nafar foydalanuvchi to‘qnashuv oqibatida olamdan o‘tgan, 331 nafari og‘ir jarohat olgan. 

Germaniyada 2022-yilda elektr samokatlar ishtirokida jami 442 ta baxtsiz hodisa ro‘y bergan. 

Shu bois xorijiy mamlakatlarning hukumatlari qurilmalardan foydalanishni tartibga solishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni ko‘rmoqda. Xususan:

Joriy yilning aprel oyida Parijda o‘tkazilgan referendumda ishtirok etganlarning 90 foizi ushbu transport vositalarini taqiqlash tarafdori ekanligini bildirgan.

2022-yilda Xelsinkida dam olish kunlari yarim tundan keyin elektr samokatlarni ijaraga olish ta’qiqlandi.

Yaponiyada elektr samokatda davlat raqami va yon oynalari bo‘lishi kerak, shuningdek, ularning piyodalar yo‘lagida harakatlanishi ham ta’qiqlangan.

Buyuk Britaniyada elektr samokatdan foydalanuvchida Q toifali haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi darkor.

Daniya, Ispaniya va Norvegiyada maxsus dubulg‘a kiyish 2022-yildan boshlab minimal texnik standart sifatida joriy qilingan.

Rossiyada 2023-yildan elektr samokatlardan foydalanuvchilarning yuk va boshqa yo‘lovchilarni tashishi ta’qiqlandi.

O‘zbekistonda amaldagi yo‘l harakati qoidalariga “elektr samokat” tushunchasi kiritilmagan. Mazkur qurilmalarni qulay shahar transporti sifatida rivojlantirish uchun qonunchilikni takomillashtirish va ulardan foydalanishni tartibga solish maqsadga muvofiq. Xususan:

  • yo‘l harakati qoidalariga “elektr samokat” tushunchasini kiritish va ulardan foydalanishning tartibini belgilash;
  • piyodalar serqatnov hududlarda tezlikni avtomatik pasaytirish texnologiyasini qo‘llash;
  • qurilmadan bir vaqtning o‘zida ikki kishining foydalanishi, shuningdek, mast holatda boshqarishning oldini olish mexanizmini ishlab chiqish;
  • qurilmalardan foydalanishda yosh chegarasini joriy etish (Face-ID texnologiyasidan foydalanish);
  • elektr samokatlarni tunda ijaraga olishni cheklash;
  • elektr samokatlar turadigan maxsus joylarni tashkil etish.

Mazkur chora-tadbirlar elektr samokatlardan foydalanishda xavfsizlikni oshirish, noxush hodisalar sodir bo‘lishi hamda aholi o‘rtasida ushbu ekologik va qulay transport turiga nisbatan salbiy fikr uyg‘onishining oldini olishga xizmat qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »