Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa investitsiya banki (YIB) O‘zbekistonning mintaqadagi eng katta umumiy quvvatga ega fotoelektr stansiyalarini rivojlantirish dasturi uchun 83,6 million dollar kredit ajratishni ma’qulladi. Bu haqda “Daryo”ga bank matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan birgalikda YIB umumiy ishlab chiqarish quvvati 897 MVt bo‘lgan uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va ekspluatatsiya qilishni moliyalashtirish uchun jami bo‘lib 396,4 million dollari ajratadi.

Bu O‘zbekistondagi elektr energiyasi ta’minotini oshiradi va qazib olinadigan yoqilg‘i ishlab chiqarishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi.
 
Yevropa investitsiya banki (YIB) vitse-prezidenti Tereza Chervinskaga ko‘ra, bu O‘zbekistonning 2030-yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarishda 25 foiz qayta tiklanadigan manbalardan foydalanish maqsadiga erishishga yordam beradi. 
 
Kreditning barchasi Masdar (Abu-Dabi Future Energy Company Om AJ) kompaniyasi tomonidan amalga oshiriluvchi uchta alohida loyihani moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan. 

U quyidagi uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va foydalanishni moliyalashtiradi: Samarqand va Jizzaxdagi har biri 220 MVt quvvatga ega ikkita stansiya va Sheroboddagi 457 MVt quvvatga ega bitta stansiya. 

Mablag‘lar, shuningdek, stansiyalarni O‘zbekiston elektr tarmoqlari operatoriga tegishli bo‘lgan va u tomonidan boshqariladigan elektr tarmog‘iga ulash uchun ham yo‘naltiriladi. Bu mamlakatning 2030-yilga kelib 7 GVt quyosh va 5 GVt shamol asosida energiya ishlab chiqarish bo‘yicha rejasini ilgari suradi.

Loyiha amalga oshirilganidan keyin u yillik issiqxona gazlari chiqindilari chiqarishni  bir million tonnadan ortiq CO2 ekvivalentiga kamaytirishga yordam beradi.

Qurilish ishlari darhol boshlanadi va yangi fotoelektr stansiyalari 2024-yilda ishga tushadi.
 
Yevropa investitsiya banki haqida

YIB Yevropa Ittifoqining unga a’zo davlatlarga qarashli bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar beruvchi tashkilotdir. U YI siyosati maqsadlariga erishishga yordam berish uchun ishonchli investitsiyalarni uzoq muddatli moliyalashtirish bilan ta’minlaydi.

Avvalroq O‘zbekiston energetika sohasida milliardlab investitsiyalarni jalb qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »