Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida 10-aprel kuni fuqaro O.T. Majburiy ijro byurosi xodimini pichoqladi. Bu haqda byuro axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum bo‘lishicha, davlat ijrochisi S.Badalboyev shu kuni soat 15:40 da qarzdor fuqaro O.T. yashash xonadoniga 26 million 982 ming so‘mlik bank krediti va boshqa qarzdorliklarni undirish bo‘yicha majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish uchun borgan.

Shu orada davlat ijrochisi xonadonga kelganda qarzdor yo‘qligi ma’lum bo‘lgan va telefon orqali undan kelishini so‘ragan. Qarzdor esa turli bahonalar bilan kelmasligini aytgan. Shundan so‘ng xodim qarzdorlik bartaraf etilmagani sababli majburiy ijro harakatlari tayinlanganini bildirib, qarzdordan kelishini so‘ragan.

Fuqaro O.T. esa davlat ijrochisini qasddan o‘ldirish maqsadida xo‘jalik pichog‘i bilan kelib, qonuniy faoliyatga qarshilik qilgan holda xodimning ko‘krak qafasiga xo‘jalik pichog‘i bilan urmoqchi bo‘lganida, o‘zini himoya qilgan va o‘ng qo‘l kaft sohasidan jiddiy jarohat olgan.

Qarzdor yana davlat ijrochisini o‘ldirish maqsadida uning ortidan quvgan vaqtda ijro harakatlarida ishtirok etayotgan boshqa davlat xizmatchilari tomonidan qo‘lidagi xo‘jalik pichog‘i olib qo‘yilishi sababli jinoyatni oxiriga yetkaza olmagan.

Mazkur holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25 (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh

ZaFaR

12.04.2023, 09:32

Bor davlatdan millardlab qarz bòlganlarni olsin bu MIB faqat oddiy furaqoga kuchi yetadi bularni

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »