Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya harbiylari Qrimda hozirda qurayotgan istehkomlarning sun’iy yo‘ldoshdan olingan surati e’lon qilindi. Suratlar Amerikaning Maxar Technologies kompaniyasi tomonidan olingan.

Tasvirlarda Ukrainaning qarshi hujumi fonida Rossiya armiyasi Qrimda mudofaani kuchaytirayotganini ko‘rish mumkin.

2022-yil, avgust 
Foto: Maxar Technologies

2022-yil avgust oyida Qrim shimolidagi Maslovo qishlog‘ida olingan suratda okoplar hali aks etmagan.

Maslovo qishlog‘i, 2023-yil yanvar
Foto: Maxar Technologies

2023-yil yanvarida olingan suratda esa Rossiya armiyasining mudofaa istehkomlarini ko‘rish mumkin.

Medvedevka qishlog'i, 2023-yil yanvar
Foto: Maxar Technologies

Qrim shimolidagi Medvedevka qishlog‘ida Rossiya armiyasining 2023-yil 3-yanvarda qayd etilgan mudofaa tuzilmalari aks etgan.

2023 yil fevral oyida Medvedevka
Foto: Maxar Technologies

2023-yil 11-fevraldagi Medvedevka qishlog‘ining mazkur sun’iy yo‘ldosh surati allaqachon himoya inshootlari soni ancha ko‘payganini ko‘rsatadi.

Armyansk, 2023 yil fevral.
Foto: Maxar Technologies

Ushbu rasmda 2023-yil 16-fevralda Shimoliy Qrimdagi Armyansk shahridagi okoplar aniq aks etgan.

Vitino qishlog‘idagi plyaj
Foto: Maxar Technologies

Rossiya harbiylari 2023-yil 31-mart kuni Qrimning Vitino qishlog‘idagi plyajda xandaqlar tayyorlagan.

Medvedevka qishlog'idagi Rossiya Qurolli Kuchlarining bazasi.
Foto: Foto: Maxar Technologies

Fevral oyi o‘rtalarida esa Rossiya harbiylari Medvedevka qishlog‘ida harbiy texnika joylashtirgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina armiyasi 3 ta sababga ko‘ra qarshi hujumni kechiktirgani ma’lum qilingan. Jumladan, operatsiya ob-havo sharoiti, asbob-uskunalarni yetkazib berishning sekinlashgani va Pentagonning Ukraina armiyasiga oid maxfiy hujjatlari internetda tarqalib ketgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »