Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yoshingizdan qat’i nazar, soch to‘kilishi bilan bog‘liq muammoalarga duch kelishingiz mumkin, bunga esa gormonlar, stress, noto‘g‘ri ovqatlanish, bo‘yash va parvarish qilish sabab bo‘ladi.

Foto: “Noviy ochag”

Ayollarda soch to‘kilishini qanday oldini olish mumkin?

Taroqda odatdagidan ko‘proq soch borligini sezsangiz, soch va bosh terisi kasalliklari bo‘yicha mutaxassis — trixologga murojaat qilishingiz kerak. Odatda, inson tabiiy yangilanish jarayonida har kuni 40-60 tukni yo‘qotadi. Agar soch to‘kilishi bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz, quyidagi maslahatlarni yodda tuting.

Ko‘proq oqsil iste’mol qiling

Kam uglevod yoki o‘simlikka asoslangan parhez go‘zallikning yo‘qotilishiga olib keladi. Kundalik minimal oqsil miqdori 45 grammni tashkil qiladi. Ulardan kamida yarmi hayvon oqsillari bo‘lishi kerak.

Soch tolalaringizga dam bering

Qattiq soch turmaklari, soch ulash va doimiy fen bilan quritish follikullarning qarishiga olib keladi. Hech bo‘lmaganda kun ora bo‘sh soch turmagi qilishga odatlaning.

Tanangizni tinglang

Soch to‘kilishi gipoteriozning belgilaridan biri, u qalqonsimon bezdagi o‘zgarishlar sabab yuzaga kelishi mumkin. Bu holat ko‘pincha menopauzadan keyin paydo bo‘ladi. Agar bu davolanmasa, sochlar ingichka, quruq va mo‘rt bo‘ladi. Gipoteriozning boshqa belgilari vazn ortishi, quruq teri va charchoq. Agar ushbu belgilarni o‘zingizda sezsangiz shifokorga murojaat qiling.  

Oziq-ovqat tarkibida vitaminlarning ko‘pligi

B12 vitamini va D vitamini yetishmovchiligi soch o‘sishini sekinlashtiradi va uni soch orasidagi bo‘shliqlarda ko‘rishingiz mumkin. Baliq, go‘sht va sut mahsulotlari bu muammoni hal qiladi.

Shifokorga murojaat qiling

Agar sochlaringiz kundan kunga to‘kilib borayotganini sezsangiz, parik kiyish vaqtini kutmasdan, trixologga murojaat qiling.

Shampun-konditsionerdan foydalaning

Tarkibida pantenol va glitserin bo‘lgan yengil konditsionerlar hatto qattiq shikastlangan sochlarni namlaydi va uning sog‘lomligini saqlaydi. Sochingizni mustahkamlash uchun bu muolajani e’tiborsiz qoldirmang.

Bosh terisini massaj qiling

Har safar sochingizni yuvganingizda, teringizni massaj qilishga harakat qiling. Hech bo‘lmaganda boshingizni barmoqlaringiz bilan yoki massaj cho‘tkasi bilan taragan yaxshiroq. Yaxshi qon aylanishi salomatlik kaliti.

Organizmda temir tanqisligini to‘ldiring

Stress yoki vegetarianlar parhezi metabolik jarayonlar, teri va soch salomatligi uchun mas’ul bo‘lgan ferritin zaxiralaridan mahrum qiladi. Ovqatlanish ratsioningizda temir mahsulotlari miqdorini oshiring yoki vitamin qo‘shimchalaridan foydalaning.

Sog‘lom turmush tarziga rioya qiling

Agarda siz tezpishar taomlarni iste’mol qilsangiz, cheksangiz, spirtli ichimliklar ichsangiz va kam harakat qilsangiz — bularning barchasi sochlaringizga ta’sir qiladi. Hech bo‘lmaganda bitta zararli odat sochga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »