Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaponiya “Tolibon”dan ayollarning Birlashgan Millatlar Tashkilotida ishlashiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishni so‘radi. Bu haqda “Daryo”ning Afg‘onistondagi muxbiri xabar berdi.

Foto: Etilaatroz

Yaponiyaning Kobuldagi elchisi Takashi Okada “Tolibon” tashqi ishlar vaziri Amirxon Mutaqqiy bilan uchrashuvda ayollarning BMT idoralarida ishlashini taqiqlovchi farmondan chuqur xavotirda ekanini aytdi. Diplomat mazkur buyruqni bekor qilishni talab qildi.

Suhbat davomida tomonlar Afg‘onistondagi vaziyat va tashqi aloqalar haqida muloqot qilgan. Takashi Okada tashrifi chog‘ida Afg‘onistonda qizlarning ta’limini qayta tiklashga ham chaqirgan.

“Tolibon” Tashqi ishlar vazirligi va uning rahbari Yaponiya elchisi bilan ikki tomonlama munosabatlar va siyosiy vaziyatni muhokama qilganini bildirdi. Afg‘oniston TIV matbuot kotibi Abdulqahhor Balxiy Twitter’da BMTda ayollarning ishlashi taqiqlanganiga ishora qilmagan holda Yaponiya elchisi fikriga qaramay, mamlakat “Tolibon” hukumat bilan hamkorlik qilish tarafdori ekanini bildirdi.

Balxiy, Mutaqqiy Afg‘onistondagi vaziyatni ijobiy deb baholadi va dunyo ijobiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda realistik bo‘lishi kerakligini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »