Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Moliya vazirligi Alisher Usmonovga qarashli USM kompaniyasi va uning bir qator sho‘ba korxonalariga qarshi sanksiyalar kiritgan edi

Mamlakat Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) qora ro‘yxatiga biznesmen yoki uning kompaniyalari bilan aloqador bir necha kishi ham kiritilgan

Foto: The Guardian

Jami olti nafar O‘zbekiston fuqarosi AQSH hukumatining sanksiyalar ro‘yxatidan joy olgan. Ular orasida Usmonovning singlisi — O‘zbekistondagi mashhur shifokorlardan biri, akusher-ginekolog Saodat Narziyeva ham bor. 

U ayni paytda Buyuk Britaniyada ham sanksiyalar ostida, biroq Yevropa Ittifoqi unga nisbatan cheklovlarni 2022-yil sentabrida olib tashlagan.

2022-yilning fevralida Credit Suisse bankida Saodat Narziyevaning 2 mlrd dollarga yaqin hisobraqamlari ochilgani haqida xabar berilgan edi

Yangilangan qora ro‘yxatga Saodat Narziyevaning qizi Nasiba Narziyeva va uning turmush o‘rtog‘i Shoxrux Nosirxo‘jayevlar ham kiritilgan. 

Milliarderning yana bir singlisi Gulbahor Ismoilova ham sanksiyaga uchragan shaxslar ro‘yxatidan joy olgan. Ismoilova O‘zbekistondan tashqari Rossiya va Kipr fuqaroligiga ega. 

Shuningdek, AQSH hukumati Alisher Usmonovning asrab olingan o‘gli Natan Vinerni ham qora ro‘yxatga kiritgan. U Moskvada bir qator kompaniyalarga egalik qiladi va Latviyadagi dengiz bo‘yida hashamatli kuchmas mulki ham bor. 

Gulnoz Ko‘charova esa AQSH tomonidan sanksiyaga uchragan oltinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi. U Usmonovning The Sister Trust kompaniyasiga tegishli Kiprning Almenor kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi hisoblanadi.

USM xolding izohi

USMning sanksiyalar bo‘yicha vakili sanksiyalar qo‘llangani haqida “Daryo”ga izoh berdi.

Biz AQSH tomonidan USM xoldingi, uning sho’ba korxonalari, ularning rahbariyati, shuningdek, Alisher Usmonov va boshqa aksiyadorlarning qarindoshlariga nisbatan joriy etilgan cheklovlarni adolatsiz va asossiz deb hisoblaymiz. Alohida ta’kidlab o‘tamizki, ro‘yxatga qarindoshlarning kiritilishi axloqsiz amaliyot, garovga olishni eslatadi. Ushbu cheklovlar noqonuniy deb e’tiroz bildiriladi, — deya ta’kidladi kompaniya.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »