Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qat-qat xamirdan tayyorlanadigan ushbu pishiriqni nonushtaga iste’mol qilishingiz mumkin. Uni boshqa mahsulotlardan ham tayyorlasangiz bo‘ladi.

Foto: Lifehacker 

Kerakli masalliqlar:

  • ismaloq — 300 g
  • chedder pishlog‘i — 120 g
  • qaymoqli pishloq — 240 gr
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • xamirturushsiz qat-qat xamir — 500 g
  • tuxum — 1 dona
  • kunjut — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Ismaloqni mayda qilib to‘g‘rab, suvini siqib oling. Chedder pishlog‘ini o‘rtacha tishli qirg‘ichdan o‘tkazing.
  2. Ismaloqni chedder va qaymoqli pishloq, ta’bga ko‘ra tuz va murch bilan aralashtiring.
  3. Pechni 200 daraja haroratda oldindan qizdiring. Listga pishiriq qog‘ozi soling.
  4. Qat-qat xamirni 3-4 mm qalinlikda yoyib, 10-12 ta bir xil kvadratlarga kesib oling.
  5. Har bir kvadrat shaklidagi xamirning yarmiga 2 choy qoshiq massa qo‘ying. Xamirning uchini suv surting, diagonal ravishda qatlang va biroz ustidan bosing.
  6. Uchburchak shaklidagi pishiqlarni listga qo‘ying. Uning ustiga tuxum surting va kunjut seping. Pirojkilarni qizargunga qadar 15-20 daqiqa davomida pishiring.

Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »