Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov prezident topshirig‘iga asosan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Daryo” manbasi maʼlum qildi.

Foto: "Daryo" / Madina Nurman

Unga ko‘ra, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov bilan birga barcha viloyat rahbarlari prezident topshirig‘iga binoan chaqirtirilgan, viloyat hokimi guvohnomasi olingan. Andijon viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Karimov Abdumalikovich tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Andijon viloyati sobiq hokimi Shuhrat Abdurahmonov 2022-yil 1-avgust kuni o‘tkazgan hokimlik soatida Dilshod Karimovni o‘zining birinchi o‘rinbosari sifatida tanishtirgan edi.

Dilshod Karimov 1980-yilda Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan bo‘lib, 2005-yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini, 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatgan.

Ish faoliyatini 2001-yilda Qo‘rg‘ontepa tumani xalq ta’limi bo‘limi o‘quv uslubiyot xonasi kompyuter-operatori vazifasidan boshlagan. 2002—2021-yillarda Qo‘rg‘ontepa tumani “Bunyodkor” kichik korxonasi hisobchisi, tuman iqtisodiyot bo‘limi 2-toifali mutaxassisi, bosh mutaxassisi, bo‘limi boshlig‘i, Qo‘rg‘ontepa tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Qo‘rg‘ontepa tumani hokimining birinchi o‘rinbosari—Qorasuv shahar hokimi, Iqtisodiyot vazirligi hududlarni rivojlantirish dasturlarni monitoring qilish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

Shuhrat Abdurahmonov 2020-yil 13-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan barcha siyosiy partiyalardan Xalq deputatlari Andijon viloyat kengashiga saylangan deputatlarning birinchi sessiyasida Andijon viloyati hokimi etib qaytadan saylangan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »